Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Omsk shahar markazidagi harbiy komissariyat (voyenkomat) binosini yoqib yuborgan Qozog‘iston fuqarosiga 13 yilga ozodlikni cheklash bo‘yicha hukm chiqarildi, u jazoni koloniyada o‘taydi. Bu haqda Omsk viloyati federal xavfsizlik xizmatiga tayanib,  “RIA Novosti” xabar berdi.

Sudning aniqlashicha, 2022-yil may oyida ayblanuvchi Moldxametov Qozog‘istonning yana bir fuqarosi Seil Dias Murato‘g‘li bilan birgalikda Pushkin ko‘chasidagi “voyenkomat”ga Molotov kokteyli uloqtirgan. Shundan so‘ng ular Rossiyani tark etgan, biroq ma’lum vaqt o‘tgacha qaytgan. Shunda Moldxametov hibsga olingan, Murato‘g‘li esa federal va davlatlararo qidiruvga berilgan.

Keyinroq Moldaxmetov harbiy komissariyatga o‘t qo‘ygani uchun unga 6 million tenge (taxminan 13,5 ming rubl) to‘lash va’da qilinganini tan olgan. Ushbu tadbirning maqsadi ko‘ngillilarni “maxsus operatsiya”ga jalb qilish kampaniyasini buzish edi.

Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi bo‘yicha maksimal jazo 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

31-yanvar kuni Rossiyada “voyenkomat”ga o‘t qo‘yganlik uchun birinchi hukm chiqarildi. 2022-yilda 4-mayga o‘tar kechasi ikki erkak Nijnevartovskdagi harbiy komissariyatga o‘t qo‘yishga uringan. Surishtiruv materiallariga ko‘ra, o‘sha paytda binoda qorovul bo‘lgan. Yong‘in oqibatida qurbonlar qayd etilmagan. 

Hibsga olingandan so‘ng, o‘t qo‘yganlarga bezorilik va mulkka qasddan zarar yetkazish moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan, biroq dekabr oyida ayblov terrorizm moddasiga qayta toifalangan. Oqibatda ayblanuvchilardan biri Vladislav Borisenko terrorchilik ishi bo‘yicha (Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi) aybdor deb topilib, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va 6 000 rubl (77 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.

2022-yilda Rossiyada “voyenkomat”larga 77 marta o‘t qo‘yishga urinish bo‘lgan. Bu terrorchilik harakati sifatida baholanadi va 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishga olib kelishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »