Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank bugun, 5-may kuni yana bir bankka faoliyatini boshlash uchun litsenziya berdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Avvalroq O‘zbekistonda ikkita yangi bank faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

Joriy yilning 17-mart kuni 2 ta bank — “Apex Bank” va “Hayot Bank” aksiyadorlik jamiyatiga faoliyatini boshlash uchun litsenziya berilgan.

So‘nggi 5 yilda O‘zbekiston bank tizimida raqobat aktivlar bo‘yicha ham, kreditlar bo‘yicha ham, depozitlar bo‘yicha ham ortib bormoqda. 

Davlat ulushi mavjud eng yirik top-5 banklarning (“O‘zmilliy bank”, “Sanoatqurilishbank”, Asaka bank, Ipoteka bank, Agrobank) bank tizimi aktivlaridagi ulushi 70,9 foizdan 60,5 foizgacha kamaydi. 

Davlat ulushi mavjud boshqa banklar ulushi 11 foizdan 18 foizgacha oshgan bo‘lsa, xususiy banklar ulushi 18,1 foizdan 21,5 foizgacha ko‘paydi. 

2025-yilga borib, bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari ulushini 60 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur davrda bank tizimiga Tenge bank, TBC bank, “Anorbank”, Uzum (Apelsin) bank va Poytaxt bank kirib keldi. Ushbu banklarning jami aktivlardagi ulushi 1,8 foizga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »