Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2023-yil yanvar—aprel oylarida 32,4 milliard so‘m soliq to‘langan. Bu haqda iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p.

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi. Bunda, to‘langan soliqlarning 95 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Meta — 12,1 milliard so‘m;
  • Google — 9,3 milliard so‘m;
  • Apple — 6 milliard so‘m;
  • Vooking.som — 1,1 milliard so‘m;
  • Netflix — 1,1 milliard so‘m;
  • Xsolla — 632,9 million so‘m;
  • Yandex — 363 million so‘m;
  • Paddle.com — 321 million so‘m;
  • Linkedin — 275,6 million so‘m;
  • Adobe Systems — 221 million so‘m.

2020-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida “Google solig‘i” ko‘zda tutilgan. Oradan bir oy o‘tgach, Davlat soliq qo‘mitasi xorijlik internet kompaniyalari soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari uchun QQS-ofisini ochdi. Xorijiy internet-kompaniyalar 2021-yilda 15 mlrd so‘mdan ziyod soliq to‘lagan bo‘lsa, 2022-yilning 11 oy davomida O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyalar qariyb 45 milliard so‘m soliq to‘lagan.

“Google solig‘i” boshqa mamlakatlarda ham mavjud. Rossiyada 2016-yildan beri elektron xizmatlarni sotishda QQS to‘lanishini tartibga soluvchi qonun ishlayapti. Soliq internet orqali ko‘rsatiladigan barcha xizmatlardan, jumladan, dasturlar, o‘yinlar, sayt xostinglari, qo‘shiqlar, film va boshqalar sotuvidan undiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »