Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron Suriya qurolli kuchlarini mudofaa uchun eng zamonaviy qurollar bilan ta’minlashga tayyor. Bu haqda Eron mudofaa vaziri, brigada generali Muhammad Rizo Ashtianiy suriyalik hamkasbi general-mayor Ali Mahmud Abbos bilan uchrashuvda aytdi.

Foto: AP Photo

“Hozir Suriyani turli sohalarda qayta tiklash davri keldi va Eron Mudofaa vazirligi Suriya qurolli kuchlarini ishlab chiqarish va eng zamonaviy mudofaa qurollari bilan jihozlashga tayyor”, — dedi Ashtianiy.

Eron vaziri Tehron Suriya bilan xalqning xavfsizlik darajasini oshirish maqsadida mudofaa va ko‘p maqsadli infratuzilmani yaratish uchun zavodlar qurish va strategik mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirish sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Eron prezidentining Damashqqa tashrifi

Eslatib o‘tamiz, 3-may kuni Eron prezidenti Suriyaga tashrif buyurgandi. Eron rahbari Suriya prezidenti Bashar al-Asad bilan batafsil muzokaralar o‘tkazgan. Bu Raisiyning so‘nggi 13 yil ichida Suriyaga ilk tashrifi hisoblanadi. 

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalariga qaratilgan. Eronlik siyosatchining tashrifi chog‘ida yirik hujjatlar to‘plami imzolangan.

Suriya Arab davlatlari ligasiga qaytdi

Arab davlatlari ligasi Suriyani 12 yildan so‘ng o‘z safiga qaytardi. Damashqning aʼzoligi 2011-yilda fuqarolar urushiga olib kelgan demokratiya tarafdorlari namoyishlari zo‘ravonlik bilan bostirilishi tufayli to‘xtatilgan edi.

“Biz Suriyadagi inqirozni hal qilishning yagona yo‘li hech qanday tashqi aralashuvsiz butunlay Suriya ichidan keladigan siyosiy yechim ekaniga to‘liq aminmiz”, — degan Misr tashqi ishlar vaziri Samex Shukri.

Damashq bilan aloqalar normallashtirilmoqda, chunki blok Suriya inqirozini hal qilish uchun “arablar boshchiligidagi siyosiy yo‘l”ga umid qilmoqda

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »