Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahridagi maktablarning birida o‘qituvchi ayol o‘quvchi qizning onasi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Janjal sodir bo‘lgan Chilonzor tumanidagi maktabning direktor o‘rinbosariga ko‘ra, mojaro qizlar orasidagi “mayda-chuyda kelishmovchilik” sabab yuzaga kelgan. Qizlardan birining onasi emotsiyaga berilib, sinf xonasiga kirib, o‘qituvchini urib ketgan.

Aniqlanishicha, qizning onasi o‘qituvchini “hammaning oldida bolamga gapirishga nima haqqing bor?!”, deya urgan. Shifokorlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda o‘qituvchining qon bosimi yuqori bo‘lgani sababli uni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazishning imkoni yo‘q.

O‘qituvchiga qo‘l ko‘targan ayolning aytishicha, pedagog unga “yolg‘onchilar oilasi bo‘lganidan keyin yolg‘onchilar oilasi deyman-da, qo‘lingdan kelganini qil” degan va shundan keyin ayol uni urgan. Bu vaqtda o‘qituvchining o‘g‘li yetib kelib, ayolni ham ura boshlagan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbarining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

O‘qituvchilarning kaltaklanish holatlari

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida maktab direktori bir necha shaxslar tomonidan kaltaklangani aytilgan edi. Shuningdek, viloyatning Sariosiyo tumani xalq ta’lim bo‘limi mudiri hududdagi maktablardan birining direktorini haqorat qilgan edi. Bir necha kun oldin esa Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchisining onasi tomonidan kaltaklangandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »