Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) qatl qilishlar soni ortib borayotgani haqida ogohlantirishiga qaramay, Eron uch nafar mahbusni, jumladan, “kokain sultoni” sifatida tanilgan bir kishini osib o‘ldirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Al Arabiya

10-may kuni qatl etilganlar Panjak a’zolari, ya’ni mamlakatdagi “eng yirik kokain tarqatuvchi kartel” bo‘lgan. Guruh rahbari Husayn Panjak 32 yoshda bo‘lgan va 2014-yilda o‘zining ortib borayotgan boyligini nishonlash uchun uyushtirgan ziyofati chog‘ida boshqa besh a’zosi bilan birga hibsga olingan. Hibsga olish vaqtida 1 kilogramm kokain, afyun va metamfetamin musodara qilingan.

Davlat televideniyesining qisqacha reportajida qo‘llari kishanlangan odamlar ko‘rsatilgan va asosiy gumondor avval 17 marta hibsga olingani aytilgan. Oliy sud ularga nisbatan o‘lim jazo tasdiqlagani haqida ma’lumot bergan.

Xorijiy inson huquqlari tashkilotlari qatl etilgan yana ikki kishi Abdulhussayn Emami Mogadam va Babak Agay ekanini aniqladi. Erkaklar Karajdagi Gezel Xesar qamoqxonasida qamoqxona oldida yig‘ilgan oila a’zolarining rahm-shafqat so‘rashiga qaramay, osilgan.

Shuningdek, 10-may kuni ertalab Karajdagi Rajai Shahr qamoqxonasida yana to‘rt nafar ismi oshkor etilmagan mahbus qatl etilgan, biroq Eron rasmiylari buni tasdiqlamagan.

Mizan nashri ism-sharifi oshkor etilmagan “xalqaro narkotik kontrabandachisi” qatl etilgani haqida xabar berdi, biroq bu Panjakka tegishlimi yoki yo‘qmi, aniq emas. Unda aytilishicha, erkak bir necha Yevropa davlatlariga, jumladan, Niderlandiyaga narkotik moddalar kontrabandasi bo‘yicha uchta xalqaro guruhga rahbarlik qilgan va rasmiylar undan 750 kilogramm geroinni musodara qilgan.

“Jirkanch” rekord

BMTning inson huquqlari bo‘yicha bosh kotibi Volker Turk Eronda bu yil qatl qilish bo‘yicha “jirkanch” rekord kuzatilgani, har hafta o‘rtacha 10 dan ortiq odam osilishini aytdi. Tashkilot bayonotida 2023-yilda 210 dan ortiq odam qatl etilgani, ammo haqiqiy raqam bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »