Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 9-may kuni Islomobodda mamlakat harbiylashtirilgan kuchlari tomonidan korrupsiyada ayblanib hibsga olindi.

Xonning hibsga olinishi butun mamlakat bo‘ylab norozilik va namoyishlarga sabab bo‘ldi, hukumat esa katta shaharlarda internetni uzib qo‘ydi. Vaziyat siyosiy tartibsizliklarni yanada kuchaytirdi va butun mamlakat bo‘ylab shiddatli namoyishlarga sabab bo‘ldi, janubi-g‘arbiy Kvetta shahrida kamida bir kishi halok bo‘ldi. Xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarda yana o‘nlab Imron Xon tarafdorlari yaralandi.

Imron Xon boshchiligidagi “Tehrik-e-Insaf” muxolifat partiyasi yetakchilari ham hibsga olinmoqda. 10-may kuni partiya bosh kotibi Asad Umar, keyinroq partiya rahbari o‘rinbosari, Pokiston sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureyshi hibsga olingan.

Pokistonda yuz berayotgan mazkur vaziyat dunyo davlatlari va xalqaro tashkilotlarning vazminlik va xotirjamlikka chaqirishiga olib keldi

AQSH

Qo‘shma Shtatlar Pokistonda demokratik tamoyillar va qonun ustuvorligini hurmat qilishga chaqirdi.

“Biz Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonning hibsga olinganidan xabardormiz. Avval aytib o‘tganimizdek, Qo‘shma Shtatlar bir siyosiy nomzod yoki partiyaga nisbatan pozitsiyasiga ega emas. Biz butun dunyoda demokratik tamoyillar va qonun ustuvorligini hurmat qilishga chaqiramiz”, — dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Janubiy Osiyo davlatida qonun ustuvorligiga amal qilinishini istashini aytdi.

“Pokistonda sodir bo‘layotgan hamma narsa konstitutsiya bilan qonun ustuvorligiga mos kelishiga ishonch hosil qilishni xohlaymiz”, — dedi u.

Buyuk Britaniya

Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Pokistondagi voqealar haqida hali batafsil ma’lumot olish imkoniga ega emasligini, biroq Pokistonda “tinch demokratiya”ni ko‘rishni istashini aytdi.

“Buyuk Britaniya Pokiston bilan uzoq yillik va yaqin munosabatlarga ega. Biz bu mamlakatda tinch demokratiyani ko‘rmoqchimiz, qonun ustuvorligiga rioya etilishini istaymiz”, — dedi Kleverli.

Ayni paytda Britaniya parlamentining taniqli deputati va Leyboristlar partiyasining sobiq rahbari Jeremi Korbin Twitter’da Xonning hibsga olinishini qoraladi.

“Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonning hibsga olinishi demokratiya uchun qora kun”, — dedi u.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti

BMTning yuqori lavozimli rasmiysi Pokistondagi barcha siyosiy arboblarga adolatli munosabatda bo‘lishni va tegishli jarayonga rioya qilishni ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Rasmiyning bayonoti Xon hibsga olinganidan bir necha soat o‘tib e’lon qilindi.

Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqi o‘z bayonotida Pokistondagi bunday “qiyin va keskin vaqtlarda” “o‘zini tutish va sovuqqonlik zarurligini” ta’kidladi.

“Pokiston muammolarini faqat pokistonliklarning o‘zlari, samimiy muloqot va qonun ustuvorligi asosida hal qilishlari mumkin”, — deyiladi bayonotda.

Amnesty International

Amnesty International tashkiloti “to‘qnashuvlar avj olgani”dan xavotirda ekanini aytdi va Pokiston hukumatini “o‘zini dadil tutishga” chaqirdi.

“Sobiq bosh vazir hibsga olinganidan keyin Imron Xonning tarafdorlari va xavfsizlikni ta’minlovchilar o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar bir qancha inson huquqlari buzilishi xavfini tug‘diradi”, — deyiladi munosabatda.

Inson huquqlari bo‘yicha notijorat tashkiloti Pokistonda internet xizmatining to‘xtatilishi va ijtimoiy tarmoq ilovalari bloklanishidan xavotir bildirdi. Bu “odamlarning axborotga kirishini va so‘z erkinligini cheklashi” qayd etildi.

Dekabr oyida Pokistonda Imron Xonni partiya rahbari lavozimidan chetlashtirish jarayoni boshlangan. Bunga Imron Xonning hukumat omboridan chet ellik mansabdor shaxslar tomonidan berilgan sovg‘alarni sotib olgani va Pokiston Saylov komissiyasiga taqdim etilgan deklaratsiyalarda ularni ochiqlamagani haqidagi da’volar sabab bo‘lgan.

Xonga qarshi harakat Yevropa Komissiyasi tomonidan oktabr oyida uni “korrupsiya harakatlarida” aybdor deb topgani, siyosatchini 2018-yilda qo‘lga kiritgan deputatlik huquqidan mahrum qilganidan keyin boshlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »