Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Microsoft kompaniyasi “Qasoskorlar” va Marvel’dan ilhomlanib yaratilgan bir qancha gadjetlarni namoyish qildi, deb xabar bermoqda Europa Plus nashri.

Temir odamning qo‘lqopi

Lazer, po‘latni kesuvchi, olovli sharlarni uchiruvchi qurilma — bularning barchasi kanadalik muhandis va youtuber The Hacksmith tomonidan ishlab chiqilgan.

Foto: Europa Plus 

O‘rgimchak odamning qo‘lqopi

Kompaniya Piter Parker muxlislari uchun to‘r otuvchi qo‘lqopni ham ishlab chiqdi. Suyuqlikning miqdori diqqat bilan kuzatilishi kerak. “Sirli suyuqlik” har doim oddiy suv bilan almashtirilishi mumkin, keyin esa qurilma qulay suv quroliga aylanadi.

Foto: Europa Plus 
Foto: Europa Plus 

VR funksiyali Temir odam shlemi

Doimiy kengaytiriladigan ko‘zoynaklaridan charchadingizmi? Endilikda Toni Stark uslubidagi dizaynni tanlashingiz mumkin. Gadjet ishlayotganda yordamchi dasturni o‘rnatishingiz kerak bo‘lgan smartfonga tayanadi. U maxsus linzalar yordamida foydalanuvchiga o‘yin maydonining stereo tasvirini beradi, unga dushman bazalari va raqiblar surati o‘rnatilgan. Bu esa o‘zingizni Temir odamdek his qilishingizga yordam beradi.

Foto: Europa Plus 
Foto: Europa Plus 

Tanosning qo‘lqopi ko‘rinishidagi kibi-gadjet

Shuningdek, kompaniya Tanosning qo‘lqopi ko‘rinishidagi kibi-gadjetni taqdim etdi. Ijodkorlar “Cheksizlik toshlari”ni izlash chog‘ida hech bir olam zarar ko‘rmaganiga ishontirmoqda va qurilma egasi uning “kuchi”dan faqat xayrli ishlar uchun foydalanishga va’da bermoqda.

Redmi Note 7 ning tematik versiyasi

Smartfon ishlab chiqaruvchilari ham ortda qolishmaydi. Gadjetlar qatorida Redmi Note 7 superqahramonlar dizaynida yaratilgan versiyasi paydo bo‘ldi. Maxsus qurilma “Qasoskorlar” franshizasining tugatilishi munosabati bilan chiqarildi. Halk kabi bardoshli va Toni Stark kabi zamonaviy bu telefon har qanday Marvel muxlislarini xursand qilishi aniq.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Torning bolg‘asi ko‘rinishidagi Xbox Series qurilmasi

Microsoft o‘z muxlislarini g‘ayrioddiy maxsus konsollar bilan xursand qilishni yaxshi ko‘radi. Kompaniya “Tor: Sevgi va momaqaldiroq” filmi chiqishi sharafiga bosh qahramonning quroli ko‘rinishidagi qurilmani taqdim etdi. Biroq hamma ham bu qurilmani qo‘lga kirita olmaydi, Microsoft kompaniyasi vakillari uning bitta nusxasini yaratgan.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »