Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Nyu-York shahrida BMT o‘rmonlar bo‘yicha forumining 18-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOS) tomonidan tashkil etilgan forumda O‘zbekiston salohiyati Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan namoyish etilmoqda.

Qayd etilishicha, tadbirda BMTning 2017—2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rmonlar bo‘yicha strategik rejasini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, O‘rmonlar bo‘yicha xalqaro bitim kuchga kirganidan keyin 2024-yilda o‘rta muddatli baholashga tayyorgarlik ko‘rilgan.

Forum doirasida O‘zbekiston tomoni raisligida Jahon banki, FAO, BMT YIK, Kanada o‘rmon xizmati va Chexiya o‘rmon xo‘jaligi instituti bilan hamkorlikda qo‘shma tadbir tashkil etildi. Tadbirda BMTga a’zo davlatlarning 100 dan ortiq vakillari, o‘rmonlarni boshqarish sohasidagi ma’muriy va ilmiy doiralar, shuningdek, xalqaro nodavlat notijorat tashkilot rahbarlari ishtirok etgan.

Tadbirda nutq so‘zlagan Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, keng ko‘lamli obodonlashtirish aksiyasi, Orol dengizining qurigan tubida o‘rmon barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, “Yashil makon” aksiyasi natijalariga to‘xtalib o‘tgan.

O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni mamlakat hududiga nisbatan 2016-yildagi 4 foizdan bugungi kunda 14 foizga kengaytirilganini alohida ta’kidlagan. Bundan tashqari, Jahon bankining tabiiy resurslar mintaqaviy departamenti direktori P.Agostini O‘zbekistonda o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha umumiy qiymati 142 million dollarlik loyihani taqdim etgan.

Yakunda tadbir ishtirokchilari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning uchta yirik tadbiri — cho‘llanish bo‘yicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »