Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zining qisqa, ammo voqealarga boy siyosiy faoliyati davomida Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga simpatiya bilan munosabatda bo‘lish tendentsiyasini bir necha bor ko‘rsatdi. BBC muxbiri Entoni Zurker Trampning hokimiyatga qaytishi oqibatlarini tasvirlaydi.

Foto: AP Photo

2018-yilda Finlyandiyada bo‘lib o‘tgan Rossiya-AQSH sammitida Tramp Putinning 2016-yilgi AQSH saylovlariga Rossiya aralashuvini inkor etib, razvedka maʼlumotlariga mutlaqo eʼtibor bermay, uning so‘zini qabul qilishga qaror qildi.

Agar Tramp Oq uyga qaytsa, Rossiyaga nisbatan bu ijobiy munosabat yana AQSH tashqi siyosatining asosiga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, bunday kurs respublikachi saylovchilarning ko‘pchiligi va Kongressdagi ushbu partiyaning ayrim aʼzolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga tayyor.

Uning shu hafta CNN tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvidagi nutqi uning Putinga nisbatan do‘stona munosabatini yana bir bor tasdiqladi. Sobiq prezident urushni 24 soat ichida tugatishi mumkinligini aytdi, biroq qanday yo‘l tutishini ochiqlamadi.

U Ukraina g‘alaba qozonishini xohlaysizmi, degan savolga javob berishdan bosh tortdi va harbiy yordam narxiga salbiy munosabatdaligini ochiqladi. 

“Hatto o‘zimiz uchun qurol yo‘q va biz esa uni shunchalik ko‘p tarqatyapmiz”, — dedi u va Yevropa davlatlarini yetarli hissa qo‘shmayotganlikda aybladi.

Tramp Putinning B rejasi sifatida

AQSH Kongressi uzoq vaqt davomida Ukraina uchun milliardlab dollar mablag‘ ajratishni maʼqullagan bo‘lsa-da, prezident sifatida Tramp bu yordamni sekinlashtirishi yoki hatto to‘xtatishi mumkin.

U Oq uyni boshqarganida ham shunday qilgan: Kongress har qanday harbiy yordamni maʼqullagan va u aralashgan.

Uning ayrim respublikachi hamkasblari Trampning Ukraina uchun qurol-yarog‘lar haqidagi so‘zlarini qoraladi, ammo Tramp 2024-yil noyabrida qayta saylansa, AQSHning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi butunlay tugashi mumkin.

Ukrainaga yordamni, jumladan, uzoq masofali raketalar bilan taʼminlashni kuchaytirayotgan Buyuk Britaniya Trampning yangi prezidentlik muddatining qayg‘uli oqibatlaridan qo‘rqmoqda.

“Agar Tramp Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatsa, urush Rossiya shartlariga ko‘ra tugaydi, bu G‘arb uchun dahshat. Putin Ukrainaga bostirib kirganida “B” rejasi yo‘q edi, ammo hozir bu rejani kutish kerak”, — deydi Britaniya Mi 6 razvedkasining sobiq rahbari ser Aleks Yanger.

Yordamning tugashi urushning tugashimi?

Amerika jamoatchiligi endi Ukrainaga yordam berishni unchalik qo‘llab-quvvatlamayapti. Bu hafta Pew Research so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, ko‘proq amerikaliklar AQSH hukumati ichki masalalarga ko‘proq eʼtibor qaratishini xohlaydi.

Ammo Konnektikutdagi Nyu-Xeyven universitetining milliy xavfsizlik bo‘yicha professori Jeffri Treystman AQSH yordamining tugashi avtomatik ravishda Ukrainaning mag‘lubiyatini anglatishiga ishonchi komil emas. Uning fikricha, urush o‘n yillar davom etishi mumkin.

“Ukrainaliklar, hatto urush boshida (xalqaro) yordam minimal bo‘lgan taqdirda ham, ruslarga qarshi kurashish va bosqinchilikka qarshi turishda aqlbovar qilmaydigan qatʼiyat ko‘rsatgan”, — deydi Treystman.

Tramp o‘z izohini bildirgan kunning ertasiga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BBC bilan suhbatda AQSHda 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlardan xavotirda emasligini aytdi.

“AQSHda bir yildan keyin saylovlar bo‘lib o‘tadi, hammamiz qayerda bo‘lishimizni hech kim bilmaydi. Ishonamanki, bu vaqtgacha biz g‘alaba qozonamiz”, — degan u.

Bu orqali siyosatchi Ukraina va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning zaiflashishiga ishonmasligini aniq ko‘rsatgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »