Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qoraqalpog‘istonda keytering usulida yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari ichidan tabletka ko‘rinishida dori vositalari chiqqani haqida xabar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Telegram / “Antikorrupsiya”

Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida aniqlanishicha, bir guruh shaxslar keytering usulida oziq-ovqat ta’minotini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga nisbatan tuhmat uyushtirish orqali ularni obro‘sizlantirish maqsadida, 3 ta holatda ichiga dori vositalari joylashtirilgan bulka va pryanik mahsuloti, go‘yoki Ellikqal’a va Beruniy tumanlaridagi ta’minotchilar tomonidan tarqatilgani haqidagi iddaolar bilan “Antikorrupsiya” Telegram kanaliga asossiz va noxolis ma’lumotlar joylashtirilishiga erishib, tadbirkorlik subyektlarining ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “g” bandi (tuhmat) va 192-moddasi (raqobatchini obro‘sizlantirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergovi yakuniga ko‘ra, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal etiladi.

Shu kabi holat haqida kanalda 13-aprelda ham xabar tarqalgandi. Unda maktablarda bunday holat birinchisi emasligi qayd etilgandi. O‘shanda Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati holatga munosabat bildirib, tuman prokuraturasi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, ekspertiza xulosasini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlari namunasi Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga yuborilganini ma’lum qilgandi.

Undan avvalroq Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida maktab o‘quvchilariga berilgan oziq-ovqat mahsulotlari orasidan qum va qizlar to‘g‘nog‘ichi chiqqandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »