Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent mezbonligidagi boks bo‘yicha Jahon chempionatining finalidan o‘rin olgan qator janglar 14-may, yakshanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Boks federatsiyasi

-63,5 kg vazn toifasi vakili Ruslan Abdullayev finalda Mo‘g‘uliston vakili Chinzorig Batarsuxga qarshi jang qildi. O‘zbekistonlik bokschi raundlarni faol o‘tkazdi va raqibiga imkon qoldirmadi. Yakunda hakamlar Abdullayevning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

Abdullayev musobaqa davomida ispaniyalik Oyer Ibarreche, Puerto-Riko vakili Manuel Febus, mavrikiylik Richanro Kolin va armanistonlik Xovanets Bachkovni mag‘lubiyatga uchratgandi.

-71 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Saidjamshid Ja’farov esa Qozog‘iston Aslanbek Shimbergenov bilan jang qildi. Birinchi raundda Qozog‘iston vakilining ustunligi ostida o‘tdi. Ikkinchi raundda Ja’farov faollikni oshirdi va raundni 3:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Hal qiluvchi uch daqiqalikda ustunlik namoyish qilgan Aslanbek yakunda 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Saidjamshid avvalgi bosqichlarda mozambiklik Osorio Muxanga, meksikalik Marko Verde, nimchorak finalda Puero-Riko vakili Gabriel Llanosga qarshi jangi esa raqibning jarohati sabab o‘tkazilmagandi. Chorak finalda Rossiya vakili Igor Sviridchenkovdan ustun kelgan bo‘lsa, yarim finalda braziliyalik Vanderson De Oliveyrani yenggandi.

Shu tariqa Ja’farov Jahon chempionati kumush medaliga ega chiqqan ikkinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. Avvalroq Oybek Jo‘rayev ham finalda yengilib, kumush medal bilan cheklangandi.

Bahodir Jalolov (+92 kg), Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) va Abdumalik Halokov (-57 kg) O‘zbekiston delegatsiyasiga oltin medallarni taqdim etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »