Quyosh kuydirishi qay darajada xavfli va uni qanday davolasa bo‘ladi?
Quyosh kuydirishi sog‘lig‘ingizga zarar yetkazadigan yagona narsa emas. Terining minimal zararlanishi keyinchalik ham uning erta qarishi yoki saratonga olib kelishi mumkin.
Teri pigmentatsiyasi — oftob urishining eng aniq belgilaridan biri. Agar himoya vositalari o‘z vaqtida qo‘llanilmasa, tanada jigarrang yoki qizil rangli xavfli dog‘lar paydo bo‘ladi.
Ajinlar zararning yana bir natijasi hisoblanadi. Gap shundaki, to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri terining elastikligi uchun mas’ul bo‘lgan elastin va kollagen ishlab chiqarishni kamaytiradi. Bu o‘z navbatida, terida qarish belgilarining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Quyoshning teriga uzoq vaqt ta’sir qilishining eng jiddiy oqibati teri saratoni bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab besh million inson bu kasallikka chalinadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun nafaqat o‘zingizni SPF bilan himoya qilishga, balki muntazam tekshiruvdan o‘tishga harakat qiling.
Quyosh kuydirishining qanday oldini olish mumkin?
Eng keng tarqalgan usul — terining erta qarishiga olib keladigan UVA nurlaridan va saraton kasalligini keltirib chiqaradigan UVB nurlardan emas, quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanish. Bunday holatda, mahsulotni har ikki soatda qayta qo‘llash kerak.
A, B va C vitaminlarini o‘z ichiga olgan mahsulotlar terining tiklanish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Retinol erta qarish belgilarini yengillashtiradi. Vitamin B3 yoki niatsinamid terining himoya to‘sig‘ini tiklaydi, vitamin C esa ajoyib antioksidant hisoblanadi. Ushbu mahsulotlar quyosh nurlari va boshqa vositalardan kelib chiqadigan ta’sirlarni davolashda yordam beradi.
Kimyoviy piling va lazerli muolaja
Bu muolajalar teridagi yosh dog‘lar bilan samarali kurashishga yordam beradi. Uyda muntazam ravishda AHA va BHA eksfoliatorlaridan foydalaning. Ular terining yorqinligini tiklashga va tekislashga yordam beradi. Lazer muolajalarini professionallarga ishonib topshiring.
LED qurilmalari terini yoshartirishning barcha turlari uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, ular teridagi qoraygan joylarni va notekis terini davolashda yordam beradi.
Professional inyeksion muolajalar terining tuzilishini yaxshilaydi va toshmalarni kamaytiradi. Bundan tashqari, ular yuz terisiga toza va tinch ko‘rinish beradi.