Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Daryo” YTTB qanday tashkilot ekani va uning Samarqanddagi yig‘ilishida qanday masalalar ko‘rilishi bo‘yicha ma’lumot beradi.

O‘zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi boshlandi. Tadbir “Muvofiqlikka sarmoya kiritish” (Investing in Resilience) mavzusida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv va biznes-forumda 2 000 dan ortiq yuqori martabali davlat amaldorlari, moliyaviy va korporativ rahbarlar, fuqarolik jamiyati va global ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Tadbir 12 yil ichida birinchi marta Markaziy Osiyo mamlakatida o‘tkazilmoqda. U YTTBga, shuningdek, o‘tgan yil davomida erishgan yutuqlarini ko‘rib chiqish va keyingi rejalarini belgilash imkoniyatini beradi.

Biznes-forumning asosiy mavzusi barqarorlikka sarmoya kiritish bo‘ladi. “O‘zbekistonning investitsion istiqbollari to‘g‘risida”gi sessiya ham yig‘ilishning markaziy tadbirlaridan biri hisoblanadi. Unda mamlakat iqtisodiyotining o‘sish istiqbollari va sarmoya kiritish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Shuningdek, uch kun davom etadigan tadbirda turli mavzularda ekspertlar ishtirokida bir qator muhokama panel sessiyalari o‘rin olgan.

YTTB qanday tashkilot va uning asosiy maqsadi nima?

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1991-yilda tuzilgan xalqaro moliya instituti hisoblanadi.

Tashkilotning asosiy maqsadi mamlakatlarga bozor iqtisodiyotiga o‘tishga yordam berish, ularni jahon xo‘jalik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, tarkibiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, shu jumladan monopoliyadan chiqarish, markazsizlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.

Bank tashkil etilganidan beri umumiy qiymati 180 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan 6 500 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.

YTTBning oliy boshqaruv organi bu Boshqaruv kengashi sanaladi. Direktorlar kengashiga YTTB prezidenti boshchilik qiladi. Amaldagi prezident fransiya fuqarosi Odil Reno-Basso bo‘lib, u 2020-yil iyul oyidan beri shu lavozimda ishlaydi.

Bankning ustav kapitali 30 milliard yevroni tashkil etadi. YTTB o‘z obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlarida chiqarish orqali mablag‘ jalb qiladi.

Bugungi kunga kelib, bank faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, MDH, Janubiy va Sharqiy O‘rtayer dengizining 35 ta davlati va Mo‘g‘ulistonni qamrab oladi.

Eslatib o‘tamiz, tashkilotning Odil Reno-Bassodan oldingi prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi. U prezident maslahatchisi etib 2020-yilda tayinlangan. Bunga qadar YTTB prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

Tashkilotning O‘zbekiston bilan hamkorligi qay darajada?

Birgina 2022-yilning o‘zida YTTB mamlakatdagi 26 ta loyihaga 839 million yevro sarmoya kiritdi va O‘zbekiston uchinchi yildirki Markaziy Osiyoda bankdan eng ko‘p mablag‘ jalb qilivchi davlat hisoblanadi. Hozirgacha YTTB O‘zbekiston bo‘ylab 129 ta loyihaga 4 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritgan. Ularning 70 tasi (2,3 mlrd yevrodan ortiq) 2017-yildan buyon amalga oshirilgan.

O‘zbekiston YTTBga 1992-yil 30-aprelda a’zo bo‘lgan. Mamlakat YeTTBning Shveysariya guruhiga kiradi, va bu guruhda Shveysariya, Ukraina, Lixtenshteyn, Turkmaniston, Serbiya, Chernogoriya va Moldova bor.

Bankning vakolatxonasi 1993-yil may oyida Toshkentda, 2019-yil oktabrda Andijonda, 2021-yil iyunda esa Urganchda ochilgan.

YTTB 2022-yilda loyihalarga 839 million yevro ajratdi, bu esa 2021-yilga nisbatan 30 foizga ko‘p.

Bank O‘zbekistondagi faoliyatida davlat korxonalari va banklarini o‘zgartirish va xususiylashtirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yashil rivojlanish loyihalari, energetika va transportni qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, ayollar va yoshlar tadbirkorligi dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi.

Bank Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun 520 million dollar ajratgan. Bundan tashqari Sarimay va Jankeldi qishloqlari o‘rtasida uzunligi 120 km bo‘lgan yuqori voltli elektr uzatish liniyasini qurishda ham ishtirok etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »