Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi

Kadr: Telegram

Xususan, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi o‘zganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning qarindoshini Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, so‘ngra O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasasiga ko‘chirib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi umumtaʼlim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi esa tanishlari yordamida Tayloq tumanida yashovchi fuqaroni xorijiy oliy taʼlim muassasasi talabasi ekani to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming AQSH dollari so‘ragan. Shuningdek, o‘qituvchi uning qarindoshiga ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat olib berish uchun 1,2 ming dollar, jami 7,2 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Guliston shahrida yashovchi 26 yoshli shaxs Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Guliston davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5,1 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablag‘ining 4,6 ming dollarini viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisiga berishi kerakligi maʼlum bo‘lib, ushbu shaxs ham 200 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddalari (pora berish)bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

May boshlarida Samarqand, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Fevral oxirlarida esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida 2022/2023-o‘quv yilida imtihon natijalari o‘zgartirilib, abituriyentlar qasddan yiqitilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »