Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida 29-iyul kuni UFC 291 musobaqasi o‘tkaziladi.

Foto: Instagram

MMA oqshomida bir qator yulduz jangchilar oktagonga ko‘tariladi. Kechaning asosiy voqeasi yengil vazn toifasi vakillari Dastin Porye va Jastin Getji o‘rtasidagi jang bo‘ladi.

Ushbu bellashuv g‘olibi BMF (“Eng xavfli vahshiy”) tituliga ega chiqadi. Ushbu titulning so‘nggi egasi aprel oyida promoushenni tark etgan Xorxe Masvidal edi.

Porye va Getji 2018-yilda o‘zaro to‘qnash kelgan, unda Dastin 4-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Ushbu musobaqa asosiy kardidan yana bir qator qiziqarli janglar o‘rin olgan. Yarim og‘ir vazn toifasi sobiq chempioni Yan Blahovich o‘rta vazn sobiq chempioni va yangi divizionda debyut qiladigan Aleks Pereyraga qarshi jang qiladi.

Afsonaviy Toni Fergyuson esa Bobbi Grin bilan to‘qnash keladi. Shuningdek, karddan Paulo Kosta — Ikram Aliskerov va Maykl Kyeza — Kevin Holland janglari o‘rin olgan.

Hozircha musobaqa doirasida o‘tishi belgilangan janglar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Dastin Porye (29-7) – Jastin Getji (24-4);
  • Yan Blahovich (29-9-1) – Aleks Pereyra (7-2);
  • Paulo Kosta (14-2) – Ikram Aliskerov (14-1);
  • Toni Fergyuson (25-8) – Bobbi Grin (29-14-1);
  • Stiven Tompson (17-6-1) – Michel Pereyra (28-11);
  • Derrik Lyuis (26-11) – Markos Rojerio de Lima (21-8-1);
  • Maykl Kyeza (16-6) – Kevin Holland (24-9).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »