Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoni qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv boshida davlat rahbari bank rahbariyati va jamoasini Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi 70 ta mamlakatdan 2,5 ming nafardan ziyod delegat ishtirokida O‘zbekistonda muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani bilan samimiy tabrikladi.

Ushbu tadbir global iqtisodiyot istiqbollarini keng muhokama va chuqur tahlil qilish, uni barqaror rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim maydon bo‘lishiga ishonch bildirildi. Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi samarali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

2017-yildan buyon bank mamlakatimizga 3,3 milliard yevro investitsiya kiritdi, loyihalar portfelining 55 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston YTTBning mintaqadagi yetakchi hamkori hisoblanadi va amaliyotlar hajmi bo‘yicha birinchi beshlikka kiradi.

Bankning ko‘magi va faol ishtiroki bilan Xorijiy investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazildi. Investitsiya va bank-moliya sohalarida yirik bitimlar amalga oshirildi. Yetakchi moliyaviy institut ekspertlari “yashil” iqtisodiyot, kommunal soha va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi islohotlarga ko‘maklashmoqda.

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, xususiylashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, “yashil” va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hamda “Yashil shaharlar” dasturidagi ishtirokni kengaytirish borasidagi dastur va loyihalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso Samarqand shahrida bank boshqaruvchilarining yillik uchrashuvini tashkil etish va muvaffaqiyatli o‘tkazishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »