Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Samarqand shahriga 100 ta elektrobus, quvvatlash uskunalari sotib olish va kerakli infratuzilmani yaratish uchun 49 million AQSH dollari miqdorida uzoq muddatli suveren kredit ajratadi.

Shuningdek, Samarqand bankning “Yashil shaharlar” dasturiga qo‘shilgan mamlakatdagi birinchi shahar bo‘ladi.

Mablag‘lar 100 tagacha o‘rta sig‘imli (10,5 m) zaryadlovchi qurilmalari o‘rnatilgan elektrobuslar xarid qilish, shuningdek, zarur infratuzilmani, jumladan, elektroavtobus deposi, elektr podstansiyasi, ma’muriy binolar, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish inshootlarini yaratishga yo‘naltiriladi.

Bu Samarqand Yashil shahar Harakatlar rejasi (GCAP) doirasidagi birinchi loyiha sanaladi. YTTB va shahar tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan GCAP (Green City Action Plan) shovqin, havo ifloslanishini, jumladan CO2 va boshqa emissiyalar chiqarilishini kamaytirishga yordam beradi. Dastur mahalliy jamoatchilikning fikr va g‘oyalarini ham inobatga oladi.

YTTBning qayd etishicha, GCAP’ning ishga tushirilishi va ekologik toza shahar transportining joriy etilishi Samarqand shahri uchun juda muhim. Shaharning chegaralari kengayishi hisobiga yaqin yillarda uning aholisi ikki barobar ortishi kutilmoqda.

Shahar, shuningdek, tobora ommalashib borayotgan sayyohlik maskaniga aylanyapti va uning tor ko‘chalari, UNESCO tomonidan qo‘riqlanadigan tarixiy hududlar atrofidagi og‘ir tirbandliklarni yaxshiroq boshqarish uchun zamonaviy transport yechimlari kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »