Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moldova bosh vaziri o‘ribosari, iqtisodiy taraqqiyot va raqamlashtirish vaziri Dumitru Alaiba mamlakat Ukrainadan keyin urushdan eng ko‘p jabr chekkan mamlakat bo‘lganini ta’kidladi.

Skrin: YouTube

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YTTB yig‘ilishi doirasidagi sessiyada so‘zga chiqqan amaldorning aytishicha, qo‘shni Ukrainadagi urush Moldovada o‘tgan yili jiddiy qiyinchiliklarga sabab bo‘lgan.

“Biz, Moldova va butun Yevropa uchun kurashayotgan va uni himoya qilayotgan jasur ukrainaliklardan keyin bu urushning eng katta jabrdiydasimiz. Urush mamlakat uchun ko‘plab iqtisodiy muammolar va oqibatlarga sabab bo‘ldi. 

Chunki yil juda yaxshi raqamlar bilan boshlangan edi. 24-fevraldan keyin esa biz hammamiz yangi reallikda uyg‘ondik va bu yangi haqiqat Moldovaning tashqi dunyo bilan savdosiga ham bog‘liq bo‘ldi”, — degan Moldova bosh vaziri o‘rinbosari.

Dumitru Alaibaning ta’kidlashicha, Moldova uchun asosiy savdo markazlaridan biri Odessa porti bo‘lgan. Bundan tashqari, mamlakat gaz bilan bog‘liq muammolarga uchragan.

“Biz bu qishda gaz bilan bog‘liq sinovlarni ham boshdan o‘tkazdik. Birinchi marta ’Gazprom’dan gaz sotib olmadik. Bunda YTTBning ham hissasi bor. Mamlakat bu qishda birinchi marta gaz omborlarini qurdi. Jamiyatimiz uchun Rossiya gazisiz omon qolish kabi tasavvur qilib bo‘lmaydigan narsalar sodir bo‘lgan bo‘lsa ham, biz buning imkoni borligini ko‘rdik”, — degan u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »