Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istonda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtirish uchun ACWA Power Wind Karatau korxonasiga 19,3 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratadi.

O‘zbekistonning qayta tiklanadigan energiya salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlamoqda. Loyihani moliyalashtirishda, shuningdek, Germaniyaning Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft taraqqiyot moliya instituti va Fransiyaning Société de Promotion et de Participation pour la Cooperation Economique taraqqiyot moliya instituti ishtirok etadi.

Bankning bayonotida qayd etilishicha, O‘zbekistonning energetika sektori mamlakat iqtisodiy o‘sishining asosiy omili hisoblanadi, biroq u infratuzilmaning eskirishidan aziyat chekmoqda. Bu esa ta’minotdagi nomutanosiblik va vaqti-vaqti bilan blekoutlarga olib kelishi aytilgan.

“Biz uzoq yillik mijozimiz bo‘lgan ACWA Power kompaniyasini va O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilishini qo‘llab-quvvatlaganimizdan faxrlanamiz. Orol dengizi mintaqasi shamol va quyosh resurslaridan foydalangan holda o‘z iqtisodiyotini yoshartirmoqda.

Bu YTTB kimoshdi savdosi bo‘yicha maslahat dasturi doirasidagi birinchi loyiha bo‘lib, 2GVt shamol energiyasini raqobatbardosh savdolar orqali yetkazib berishga yordam beradi. Loyiha shamol energiyasi uchun rekord darajadagi past narxni o‘rnatadi va yiliga 178 ming tonnadan ortiq CO2 emissiyasini tejash imkonini beradi”, — dedi YTTB Barqaror infratuzilma guruhi boshqaruvchi direktori Nandita Parshad.

YTTB hozirgacha O‘zbekistonda 2700 MVt qayta tiklanadigan energiya quvvatini moliyalashtirdi. Bank 2000 MVt shamol energiyasini raqobatbardosh savdolar orqali yetkazib berish dasturi bo‘yicha rasmiylar bilan hamkorlik qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, ACWA Power Wind Karatau FE LLC Saudiya Arabistonida ro‘yxatga olingan ACWA Power Company kompaniyasiga tegishli. Korxona O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan va YTTBning amaldagi mijozi bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »