Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Madridning “Real” jamoasi yozgi transferlar oynasida faol bo‘lmoqchi.

Foto: Getty Images

AS nashrining yozishicha, madridliklar yangi “Bernabeu” ochilishigacha super jamoa yig‘ish maqsadida, barcha chiziqlarga futbolchilar olib kelish istagida.

“Real” Karim Benzemaning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan hujumchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘radi. 2024-yil yozida fransuzning “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadi, o‘sha yili klubga hujumchi Endrik kelib qo‘shiladi. 

Keyingi hafta Florentino Peres va Karlo Anchelotti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi, u yerda futbolchilar bilan bitimlarni uzaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi. 

Toni Kroos va Luka Modrich bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilgan. Nacho va Dani Sebalyosning kelajagi so‘roq ostida. Markos Asensioga esa hozirgi berilayotgan maosh yangi bitimda takrorlanmasligi mumkin. 

“Real” Ferlan Mendi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Mariano Dias va Eden Azarga ham chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin, biroq belgiyalik shunga qaramasdan, klubda qolishni xohlamoqda.

Uchrashuvda yana ehtimoliy transferlar ham ko‘rib chiqiladi. “Real” Tibo Kurtuaga yordamchi sifatida tajribali darvozabon izlaydi. O‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgan Andrey Lunin esa ketishni istamoqda.

Undan tashqari, “Madrid” qanot himoyachilari, markaziy yarim himoyachi va hujumchi sotib olishni maqsad qilgan. Ro‘yxatda Jud Bellingham (“Borussiya D”), Ris Jeyms (“Chelsi”) va Alfonso Devis (“Bavariya”) nomzodlari bor. 

Alfonso Devisga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda. “Bavariya” esa 2025-yil yozida shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadigan Devisni sotmasligini ma’lum qilgan. Myunxenliklar himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. 

Hujumchi pozitsiyasiga nomzodlar juda kam. Randal Kolo-Muani (“Ayntraxt”), Viktor Osimhen (“Napoli”), Dushan Vlahovich (“Yuventus”) va Harri Keyn (“Tottenhem”) kabi hujumchilar bor, biroq ular klublari bilan amaldagi shartnomaga ega. Shu sababli, ularni xarid qilish uchun tovon pulini ham to‘lashga to‘g‘ri keladi. 

Hozircha bu pozitsiyani Benzema va “Kastilya” futbolchisi Alvaro Rodriges yopib turishi mumkin. 

“Qaymoqranglilar” 2024-yilda Kilian Mbappeni olib kelmoqchi. Madridliklar “PSJ” 2023-yilda futbolchini sotishga rozi bo‘lmasligini bilib turibdi. Shu sababdan, “Real” Mbappe 2024-yilda shartnoma imzolashni asosiy maqsad qilib olgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »