Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada mamlakat prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergan Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori qidiruvga berildi. Bu haqda Mediazona xabar berdi.

Foto: ICC-CPI

Rossiya Ichki ishlar vazirligining qidiruv maʼlumotlar bazasida Karim Ahmad Xonning maʼlumotlari keltirilgan sahifa paydo bo‘ldi. Prokuror Rossiya Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgan. Tergov qo‘mitasi Rossiya prezidentini hibsga olish orderi berilganidan bir necha kun o‘tib Xon va (XJS) sudyalari Tomoko Akane, Rosario Salvatore Aytali va Serxio Xerardo Ugalde Godinesga qarshi jinoiy ish ochgan.

Skrinshot: Rossiya Ichki ishlar vazirligi bazasi

Ular “bilib turib begunoh shaxsni javobgarlikka tortish” va xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish maqsadida xalqaro himoyadan foydalanayotgan xorijiy davlat vakiliga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmoqda.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining qidiruv bazasidan sudyalar haqidagi maʼlumotni topishning iloji bo‘lmagan.

Putinni hibsga olish orderi

Niderlandiyadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) genotsid, urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va bosqinchilik jinoyatlari uchun javobgar shaxslarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullanadi. XJS 17-mart Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi.

Xalqaro jinoyat sudining hibsga olish haqidagi orderi Putinning harakatlanish erkinligini rasman cheklaydi. XJSga a’zo bo‘lgan va uning yurisdiksiyasini qabul qilgan 123 ta davlat Vladimir Putin ularning hududiga kirishi bilanoq uni hibsga olishi talab qilinadi. Bunday davlatlar quyidagi xaritaning yashil rangida ko‘rsatilgan:

Xalqaro jinoiy sudda sirtdan sud jarayoni amalga oshirish mumkin emas: sudlanuvchiga faqat ekstraditsiya qilingan taqdirdagina hukm chiqarilishi mumkin. Ya’ni Putinning ishi sudda ko‘rib chiqilishi uchun u shaxsan Gaagada bo‘lishi kerak.

Germaniya Putin mamlakatga kelsa, hibsga olishini bildirgan

Germaniya adliya vaziri Marko Bushman Rossiya prezidenti mamlakatga kelsa, mahalliy hokimiyat uni hibsga olib, Xalqaro jinoiy sud vakillariga topshirishini bildirgan.

“Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tezkorlik bilan Interpol bilan bog‘lanadi va ijroni talab qiladi. Shundan so‘ng Germaniya Putinni hibsga olishga va Germaniya hududiga kirsa, uni XJSga topshirishga majbur bo‘ladi”, — degan Bushmann.

Avstriya Putinni hibsga olishga tayyorligini ma’lum qildi

Avstriya Xalqaro jinoiy sud qarorini bajarishini va Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga kelsa, uni hibsga olishini bildirdi. Mamlakatning Yevropa Ittifoqi va Konstitutsiya masalalari bo‘yicha vaziri Karolina Edtshtadler bu haqda ma’lumot bergan.

U Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish to‘g‘risidagi buyruq e’lon qilinishi va chiqishi Putin “Avstriya tuprog‘iga qadam qo‘ygan bo‘lsa, uni hibsga olish kerak” degan ma’noni anglatishini ta’kidlagan.

Armaniston Putinni hibsga olishni rejalashtirmayapti

Armaniston Putin mamlakatga tashrif buyursa, uni Xalqaro jinoiy sudga topshirishni rejalashtirmayapti. Armaniston parlamenti vitse-spikeri Akop Arshakyan bu bo‘yicha ma’lumot bergan.

“Armaniston Konstitutsiyaviy sudning qarori hech kimni hech qanday masalada aybdor deb hisoblamaydi va hech kimni hibsga olish choralarini talab qilmaydi”, — degan u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »