Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistonida Arab davlatlari ligasi sammitida nutq so‘zladi va ishtirokchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Bild

“Afsuski, dunyoda va bu yerda, sizning orangizda ukrainaliklar saqlanadigan qafaslarga va noqonuniy anneksiyalarga ko‘z yumayotganlar bor. Men hamma sodir bo‘layotgan voqealarga vijdonan nazar tashlashingiz uchun keldim.

Ruslar boshqa davlatlarning siyosatchilariga qanday taʼsir o‘tkazishga urinmasin, mustaqillik saqlanib qolishi kerak. Saudiya Arabistoniga rahmat aytmoqchiman, ko‘pchiligingizga xalqaro hamjamiyat pozitsiyasini va BMT nizomini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorlik bildiraman”, — dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, arab dunyosi Ukraina aholisini, jumladan, mamlakatda yashovchi musulmonlar jamoasini himoya qilishga yordam berishi, shuningdek, Qrim va Rossiya tomonidan bosib olingan boshqa hududlarni ozod qilishga hissa qo‘shishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »