Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Apple kompaniyasi xodimlariga ChatGPT va boshqa tashqi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: AP Photo

Kompaniyadagi manbalar va xodimlarga elektron pochta orqali yuborilgan xatlar mazkur ma’lumotni tasdiqlaydi. Apple bunday dasturlardan foydalanadigan xodimlar foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini oshkor qilishidan xavotirda. Chunki xodimlar kiritilgan barcha so‘rovlar va olingan javoblarni eslab qoladi.

Shuningdek, Apple rahbariyati o‘z xodimlariga kod yozishni avtomatlashtiradigan Microsoft’ga qarashli GitHub’ning Copilot dasturidan foydalanmaslikni ham aytgan. Shu bilan birga, 18-may kuni OpenAI kompaniyasi ChatGPT AppStore’da chiqarilishini e’lon qilgan va ilovaning Android OC uchun versiyasi ham chiqishini bildirgan.

“IOS uchun ChatGPT ilovasini taqdim etamiz! Biz allaqachon AQSHda ishlamoqdamiz va kelgusi haftalarda boshqa mamlakatlarga ham tarqalamiz. Navbatda Android!” — deyiladi xabarda.

ChatGPT nima?

ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) — OpenAI tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt chatboti bo‘lib, turli savollarga javob berishi, dasturchilar uchun kod yozishga yordam berishi, talabalar uchun esa kurs ishlarini yozib berishi mumkin. Bot hattoki she’r va insholar ham yoza oladi. OpenAI’ning asosiy vazifasi inson miyasi bajara oladigan hamma narsani qiluvchi sun’iy intellektni yaratishdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida, Italiya ChatGPT’dan foydalanishni taqiqlagan dunyodagi birinchi davlat hisoblanadi. Bunga chatbot ishlab chiqaruvchisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi shaxsiy ma’lumotlarga oid qonunchilikni buzgani sabab bo‘lmoqda. Jumladan, neyron tarmoq +13 yosh chegarasiga qaramay, foydalanuvchilarning yoshini tekshirmasligi ta’kidlanadi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »