Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya kuchlari Donetsk viloyatidagi Baxmut shahrini qo‘lga kiritmaganini aytdi. Bu haqda prezidentning nutqiga tayanib, “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Foto: Reuters

Zelenskiy “Yettilik guruhi” sammiti bo‘lib o‘tayotgan Yaponiyaning Xirosima shahridagi matbuot anjumanida bu haqda gapirgan.

“Biz jangchilarimizning jasorati va aqlimiz tufayli shaharni ushlab turamiz va kurashamiz. Odamlarni o‘lim yoqasiga tashlamaymiz, biz uchun odamlar xazina va bu bizda mavjud bo‘lgan eng muhim narsa. 

Hech qanday tushunmovchilik yo‘q. Baxmutda nima bo‘layotganini aniq tushunaman va bularning barchasi nima uchun qilinayotgani hammaga ayon. Sizlar bilan harbiylarimizning taktik qarashlarini baham ko‘ra olmayman, lekin oz qolgani va g‘alaba qozonishimizni tushunamiz.

Hozirda harbiylar juda muhim vazifalarni bajarmoqda, ular Baxmutda, qaysi nuqtalarda ekanini aytolmayman, lekin bu Baxmut bugungi kunda Rossiya tomonidan qo‘lga olinmaganini bildiradi. Buning boshqacha talqini bo‘lishi mumkin emas”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti shu tariqa Baxmut haqidagi bayonotiga oydinlik kiritgan.

Rossiya Baxmutni egallaganini iddao qilmoqda

20-may kuni “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut o‘z bo‘linmalarining to‘liq nazorati ostida ekanini aytdi. Keyinchalik, Rossiya Mudofaa vazirligi “Artemovskni ozod qilishning tugashi” (Baxmutning sovetcha nomi) haqida bayonot berdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yollanma askarlar va harbiylarni operatsiya yakunlangani bilan tabrikladi.

Ukraina harbiylari va rasmiylari shaharning Rossiya kuchlari tomonidan egallab olinganini rad etdi. Ukraina qurolli kuchlari  bosh shtabi shahar uchun janglar davom etayotganini ta’kidladi. 

Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarning aytishicha, rus qo‘shinlari shahar atrofidagi hukmron balandliklarning bir qismini yo‘qotgan va Ukraina qurolli kuchlari Baxmutni yarim qurshovga olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »