Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida 21-may soat 16:43 da Mercedes-Benz rusumli 96-sonli yo‘lovchi avtobusi to‘liq yonib ketdi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Davlat raqami 01 158 HCA bo‘lgan avtobus 2012-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 882 589 kilometr masofani bosib o‘tgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtobus haydovchisi B.Z (1990-yilda tug‘ilgan), 96-sonli yo‘nalishda Yashnobod tumani, “Ashxobod” istirohat bog‘i chorrahasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning elektr simlarida qisqa tutashuv yuzaga kelib, elektr simlarining yonishi sodir bo‘lgan.

Haydovchi birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi yordamida yong‘inni bartaraf etishga uringan, ammo yong‘in kuchaygani sababli, o‘chirish imkoni bo‘lmagan. Oqibatda avtobus to‘liq yonib ketgan.

Yong‘in qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 16:45 da yetib borib, soat 16:50 da yong‘inni o‘chirgan. Hodisada jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »