Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAuto Motors 25-may kunidan Tracker va Onix avtomobil modellarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Telegram

Kompaniyaning maʼlum qilishicha, mijozlar Chevrolet Onix avtomobilining barchaga tanish olti komplektatsiyasi va Chevrolet Tracker ning uch komplektatsiyalariga qo‘shimcha yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin.

“Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qoladi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniyaga ko‘ra, Chevrolet Tracker ning LS, LS Plus, LTZ, LTZ Plus, Premier Premier Plus va Redline modellari uchun shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi. Chevrolet Onixning esa Premier 1, Premier 2, Premier 2 Plus, Redline modellari sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors may oyi boshida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari sotuvini to‘xtatgan. Kompaniya 2022-yilda hamyonbop modellardan Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillari sotuvini to‘xtatib, Onix va Tracker uchun shartnomalar tuzishni boshlangandi. Biroq, joriy yil may oyi boshidan narxi 207 million so‘mlik Onix va 211 million so‘mlik Tracker sotuvi to‘xtab qolgan. Hozirda kompaniyadan narxlari 420 million so‘mdan 1,1 milliard so‘mgacha bo‘lgan Malibu, Equinox, Traverse va Tahoe avtomobillarini xarid qilish mumkin.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »