Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzaxda Telegram orqali taqiqlangan diniy mazmundagi materialni tarqatgan 19 yoshli yigit sudlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, yigit o‘zining mobil telefoni orqali 2020-yilning mart oyidan buyon O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan turli aqidaparastlik g‘oyalari yo‘g‘rilgan ma’lumotlar bilan muntazam ravishda tanishib borgan. Shundan so‘ng 58 nafarga yaqin tanishlari va boshqa shaxslarni Telegram-kanaliga qo‘shib, unga diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib, muhokama qilib kelgan.

Sud majlisida so‘roq qilinganida u qilimishidan pushaymonligi, tarqatgan diniy materialning mazmuniga tushunmaganini bildirib, kechirishlarini so‘ragan. Shuningdek, uning oilaviy sharoiti, muqaddam sudlanmagani, mahallasidan kafolat xati bilan murojaat qilingani inobatga olinib, uni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan.

Yigit Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Toshkent viloyatida 21 yoshli yigit Telegramʼda “Shahid bo‘lib ketsak rozi bo‘lingiz” nomli “jihod” va “hijrat”ga daʼvat qiluvchi nashida tarqatgani uchun uch yilga qamalgandi. U ham Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topilgan.

Holat jamoatchilik faollari tomonidan ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgach, Toshkent viloyati IIBB yigit diniy materiallar mazmunini to‘liq anglagan holda tarqatganini, Bunday harakat O‘zbekiston hududida jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ijtimoiy xavfli qilmish sifatida baholanib, tergov idoralari tomonidan uning harakatlari to‘g‘ri malakalanganini bildirgandi.

19-may kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekistonda taqiqlangan materiallar ro‘yxatini e’lon qildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »