Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonning Botken viloyatida O‘zbekiston fuqarolaridan pul undirib kelgan Chegara xizmatining to‘rt nafar harbiy xizmatchisi qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, “Qaytpas” va “O‘tukchu” nazorat-o‘tkazish punktlari harbiy xizmatchilari Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasidan to‘siqsiz o‘tish uchun fuqarolardan tizimli ravishda 50 dan 1000 somgacha (taxminan 131 ming so‘m) pul undirib kelgan.

“Pul berishdan bosh tortganlarning pasport nazoratidan o‘tishiga to‘sqinlik qilingan, bu esa fuqarolarni chegarachilar talablariga bo‘ysunishga va kerakli pulni berishga majburlagan. Chegara xizmatining to‘rt nafar harbiy xizmatchisi gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinib, Botken tumani IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining ‘mansab vakolatini suiiste’mol qilish’ moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »