Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moldova Xalqaro jinoiy sud qarorini bajaradi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga kelsa, uni hibsga oladi. Bu haqda Moldova prezidenti Mayya Sanduga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Siyosatchi Euronews Romania telekanaliga bergan intervyusida bu haqda gapirgan. Sandu agar Putin Moldovaga kelsa, Xalqaro jinoiy sud qarori bilan hibsga olinadimi, degan savolga javob bergan.

“Ha. Moldova respublikasi jinoiy sud bo‘yicha kelishuvni imzoladi va Moldova sud qarorini hurmat qiladi”, — deb qisqa javob berdi Sandu.

Xalqaro jinoyat sudi ukrainalik bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq holda Putinni hibsga olishga order bergan. Bunga javoban Rossiya sirtdan ayblov e'lon qilgan va prokuror hamda Xalqaro jinoiy sud sudyasini qidiruvga bergan.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Putinning hibsga olinishini istagan Xalqaro jinoiy sudga qarshi harakatlarini qoralagan.

Putinni hibsga olish orderi

Niderlandiyadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) genotsid, urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va bosqinchilik jinoyatlari uchun javobgar shaxslarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullanadi. XJS 17-mart Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi.

Xalqaro jinoyat sudining hibsga olish haqidagi orderi Putinning harakatlanish erkinligini rasman cheklaydi. XJSga a’zo bo‘lgan va uning yurisdiksiyasini qabul qilgan 123 ta davlat Vladimir Putin ularning hududiga kirishi bilanoq uni hibsga olishi talab qilinadi. Bunday davlatlar quyidagi xaritaning yashil rangida ko‘rsatilgan:

Xalqaro jinoiy sudda sirtdan sud jarayoni amalga oshirish mumkin emas: sudlanuvchiga faqat ekstraditsiya qilingan taqdirdagina hukm chiqarilishi mumkin. Ya’ni Putinning ishi sudda ko‘rib chiqilishi uchun u shaxsan Gaagada bo‘lishi kerak.

Germaniya Putin mamlakatga kelsa, hibsga olishini bildirgan

Germaniya adliya vaziri Marko Bushman Rossiya prezidenti mamlakatga kelsa, mahalliy hokimiyat uni hibsga olib, Xalqaro jinoiy sud vakillariga topshirishini bildirgan.

“Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tezkorlik bilan Interpol bilan bog‘lanadi va ijroni talab qiladi. Shundan so‘ng Germaniya Putinni hibsga olishga va Germaniya hududiga kirsa, uni XJSga topshirishga majbur bo‘ladi”, — degan Bushmann.

Avstriya Putinni hibsga olishga tayyorligini ma’lum qildi

Avstriya Xalqaro jinoiy sud qarorini bajarishini va Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga kelsa, uni hibsga olishini bildirdi. Mamlakatning Yevropa Ittifoqi va Konstitutsiya masalalari bo‘yicha vaziri Karolina Edtshtadler bu haqda ma’lumot bergan.

U Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish to‘g‘risidagi buyruq e’lon qilinishi va chiqishi Putin “Avstriya tuprog‘iga qadam qo‘ygan bo‘lsa, uni hibsga olish kerak” degan ma’noni anglatishini ta’kidlagan.

Armaniston Putinni hibsga olishni rejalashtirmayapti

Armaniston Putin mamlakatga tashrif buyursa, uni Xalqaro jinoiy sudga topshirishni rejalashtirmayapti. Armaniston parlamenti vitse-spikeri Akop Arshakyan bu bo‘yicha ma’lumot bergan.

“Armaniston Konstitutsiyaviy sudning qarori hech kimni hech qanday masalada aybdor deb hisoblamaydi va hech kimni hibsga olish choralarini talab qilmaydi”, — degan u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »