Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida MCHJning davlat g‘aznasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 72 million so‘mlik soliq qarzdorligidan voz kechish va qarzdorlikni “yopib berishi” evaziga tadbirkordan 1000 dollar olgan soliqchi va MIB xodimi pora bilan qo‘lga tushdi.

G‘uzor tuman Soliq inspeksiyasi masʼuli va MIB xodimining bu qilmishi DXXning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.

G‘uzor tumanida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari DXXning viloyat boshqarmasiga murojaat qilib, uning soliqdan mavjud 72 million so‘m qarzorligini “yopib berishi”ni aytayotgan soliqchi MIB xodimiga 1000 dollar pul bersa, u davlatga to‘lanishi kerak bo‘lgan 72 million so‘m qarzdorlik to‘g‘risidagi MCHJ hisobraqamiga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomasini yechishini aytgan. Tadbirkor soliqchiga buning uchun dastlab 300 dollar bergan. Soliqchi qolgan 700 dollarni ham talab qilayotganini aytib, bu haqda DXXga shikoyat qilgan va unga nisbatan chora ko‘rilishini so‘ragan.

DXX va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda soliqchi tadbirkordan 700 dollar hisobidagi 8 million so‘m pulni tuman markazidagi Tojmahal choyxonasida olib, uning bir qismini MIB xodimiga olib borib berganda qo‘lga olingan.

Soliqchi va MIB xodimining qilmishi viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »