Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Netflix kompaniyasi Arnold Shvarsenegger ishtirokidagi “Fubar” serialining promoroligini namoyish qildi, videoda aktyorni kompaniyaning jangovar filmlar rejissori sifatida ko‘rish mumkin. Video striming xizmatining YouTube kanalida taqdim etildi.

Foto: “Yandeks.ru”

Videoda Shvarsenegger Netflix ofisiga tankda keladi, yangi lavozimini e’lon qiladi va hech kim ekshenni u sevganchalik sevmasligini aytadi. Shundan so‘ng aktyor tomoshabinlarga Netflix’da namoyish etilayotgan jangovar filmlar haqida gapiradi va ularga imkon qadar ko‘proq portlashlar, mashinalarni quvib o‘tish voqealari va boshqa jarayonlarni qo‘shishga va’da beradi.

Komediya videosida Shvarsenegger Netflix jamoasi bilan o‘z loyihalariga qahramonlarning eng ajoyib kadrlarini olib kelish maslahatini beradi. Videoda aktyor ishdan bosh ko‘tarmay, ofisda mashg‘ulot o‘tkazayotgani, tushlik paytida esa pichoqdan ko‘ra qilich bilan ovqatlanishni afzal ko‘rgani tasvirlangan.

Shuningdek videoda 25-may kuni premyerasi bo‘lib o‘tadigan “Fubar” komedik trilleridan olingan sahnalar ko‘rsatilgan. Serialda ota va qiz Markaziy razvedka boshqarmasida ishlayotgani haqidagi sirni butun umri davomida bir-biridan yashirgani ko‘rsatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »