Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi do‘konlarning birida ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Viloyat IIB holat tafsilotlarini ochiqladi

Unga ko‘ra, holat 17-may kuni soat taxminan 11:00 larda Shofirkon tumani  “A.Navoiy” mahallasida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘konida sodir bo‘lgan. T.E. ismli erkak turmush o‘rtog‘i A.M. ismli ayol bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab janjallashib, turmush o‘rtog‘ini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan. 

Shuningdek, tanasining turli sohalariga qo‘llari bilan urib tan jarohati yetkazganlik holati, o‘sha kunning o‘zida jabrlanuvchining bergan xabari asosida tuman Ichki ishlar bo‘limida ro‘yxatga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Tekshiruv davomida zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchi A.A. ga 2019 yil 2-sentabr kunidagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-son qonun asosida "Himoya orderi" rasmiylashtirilib berilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Shu kabi holat Toshkent viloyatida ham sodir bo'lgan edi. Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi do‘konlarning birida qiz bir yigit tomonidan ayovsiz kaltaklangan edi. Holat 10-may kuni Olmaliq shahridagi “Furqat” mahallasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ular bir-birini sevadi va tez kunlarda turmush qurish arafasida bo'lgan. Yigit bir necha yil avval birinchi turmushi bilan ajrashgan, oilasida yolg‘iz boquvchi. Jabrlanuvchi qiz kelishmoqchilik barchada bo‘lib turishini aytib, daʼvosi yo‘qligini maʼlum qildi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »