Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Super aka-uka Mariolar” komedik multfilmi kino tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan uchinchi animatsion filmga aylandi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Foto: “Pravila jizni”

Multfilm 5-aprelda namoyish etilgandan keyin dunyo bo‘ylab 1,248 milliard dollar to‘plagan. Shundan keyin multfilm kassada 1,242 milliard dollar to‘plagan “Super oila-2” loyihasini ortda qoldirdi va hozirda “Muzyurak” (1,284 milliard dollar) va “Muzyurak-2” (1,45 milliard dollar) multfilmlaridan keyingi o‘rinda turibdi.

Kino tarixida eng ko‘p daromad keltirgan 10 multfilm:

“Muzyurak-2” — 1,45 milliard dollar

“Muzyurak” — 1,284 milliard dollar

“Super aka-uka Mariolar” — 1,248 milliard dollar

“Super oila-2” — 1,242 milliard dollar

“Minyonlar” — 1,159 milliard dollar

“O‘yinchoqlar tarixi-4” — 1,073 milliard dollar

“O‘yinchoqlar tarixi-3” — 1,067 milliard dollar

“Yaxshi bo‘lish osonmi?-3” — 1,035 milliard dollar

“Dorini izlab”  — 1,028 milliard dollar

“Hayvonlar shahri” — 1,025 milliard dollar

Biroq, multfilm muxlislari o‘rtasida 2019-yilda kompyuterda ishlangan “Qirol sher” animatsion filmini reytingga kiritish yoki hisobga olish borasida bahs-munozaralar mavjud. Agar ushbu loyiha boshqa multfilmlar bilan solishtirilsa, kassadagi to‘lovlar bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylanadi, chunki “Qirol sher” butun dunyo bo‘ylab 1,66 milliard dollar yig‘gan.

Biroq, Disney o‘z loyihasining janrini badiiy film sifatida belgilagan. Film rejissori Jon Favro ham “Qirol sher”ni animatsiya deb atash noto‘g‘ri ekanini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »