Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan oilaviy korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Surxondaryo viloyati mintaqaviy filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “L.T.” oilaviy korxona rahbari X.B. va boshqalar tikuvchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 622,9 million so‘m imtiyozli kredit evaziga tikuv dastgohlarini olib kelmasdan, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, bankning Front-ofis bo‘limi sobiq boshlig‘i A.U. ushbu maqsadsiz ishlatilgan kredit qarzdorliklarini to‘lash uchun yangi xo‘jalik yurituvchi subyekt tashkil etib, bankdan kredit olib berish evaziga oilaviy korxona rahbari X.B.ning 30 million so‘m naqd pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani maʼlum bo‘lgan.

Shu kabi departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.S.” oilaviy korxona rahbari Y.Q. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan 23 nafar fuqaroga issiqxona qurish va chorva mollari yetkazib berish uchun ajratilgan 620 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi (firibgarlik), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bank xodimlari bilan bog‘liq jinoiy holatlar

“O‘zmilliybank” AJning Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman filiali xodimi sakkiz oy davomida xorijdan kelayotgan mablag‘larni 9 talik kod orqali o‘zlashtirib, shu muddat davomida bankning 170 ming dollarini qo‘lga kiritgani va qimorda yutqazib qo‘ygani xabar berilgandi. Nukusda 9,2 mlrd so‘m pulni qimorda yutqazgan bank xodimi 8 yilga qamalgani, Gulistonda fuqaro rahbarining yarim mlrd so‘mdan ziyod pulini o‘zlashtirgani aniqlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »