Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya nashrlari tomonidan o‘zbekistonlik fuqaro parda tikadigan mashina mexanizmi orasida qisilib qolish oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur xabar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: "DHR"

Unga ko‘ra, Dyuzje shahrida “Beyko‘y” tashkillashtirilgan sanoat zonasidagi fabrikada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda parda tikadigan mashina mexanizmi orasida qisilib qolish oqibatida O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani haqida xabar e’lon qilingan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, e’lon qilingan xabar o‘z tasdig‘ini topmadi. Dyuzje viloyati xorijiy fuqarolar mayiti saqlanadigan “morg” bo‘limi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgani aytilgan shaxs Afg‘oniston fuqarosi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »