Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Trixologiya-translpantologiya sohasi O‘zbekistonga kirib kelganiga 10 yil bo‘ldi. Bu yangi soha estetik va salomatlik bilan bog‘liq soch to‘kilishi, tepakallik kabi muammolar bilan kurashadi. Soch ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti kun sayin ommalashib bormoqda. Xo‘sh, bu qanday amalga oshiriladi va kimlarga soch ko‘chirib o‘tkazish mumkin emas? Ushbu savollarga javob topish maqsadida “Daryo“ muxbiri Nargiza Yunusova trixolog-transplantolog Munisa Jo‘rayeva bilan suhbat uyushtirdi.

Qaysi hollarda soch ekish amaliyoti o‘tkaziladi, qaysi holatda yo‘q?

Ayol va erkaklarda androgen va chandiqli soch to‘kilishlarida hamda bemor bolaligida yiringli, zamburug‘li kasalliklarga chalingan bo‘lsa ham soch ko‘chirib o‘tkaziladi. Chunki teri zamburug‘ kasalliklari soch ildizini yemirib tashlaydi. Keyinchalik o‘sha sohadan soch o‘sib chiqmaydi. Bu holatda ham soch ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Shuningdek, yong‘in, turli jarohatlar, yo‘l transport hodisalari, kuyish oqibatida qolgan chandiqlar yuzaga kelganda soch ekish amaliyoti o‘tkaziladi.

Sochning tanga-tanga shaklida to‘kilishi xavfli sanaladi. Agar bunday holda vaqtida chora ko‘rilmasa, soch to‘kilishi ko‘payib, tangachalar bir-biriga qo‘shilib, subtotal, total hamda universal formaga o‘tadi. Universal — bu tananing barcha sohasida tukning yo‘qligi. Total esa boshdagi sochning to‘kilib ketishi, qosh va kipriklarning to‘kilishi ham bu turga kiradi. Subtotal esa faqat boshning qaysidir sohasida sochning tanga-tanga shaklida to‘kilishidir. Aynan shu shakldagi soch to‘kilishi kuzatilgan bemorlar soch ekish yo‘li bilan muammoni hal qilishni istaydi. Ammo bu holatda soch ekish amaliyoti o‘tkazilmaydi. Boisi soch ko‘chirib o‘tkazilganda ham yangi ko‘chirilgan sochlar qayta o‘sib chiqmaydi.

Sochni ko‘chirib o‘tkazish jarayoni qanday kechadi?

Soch ekish jarayoni uch bosqichdan iborat. Dastlab sochlar donar sohalar — boshning ensa qismi, erkaklarda soqol va ko‘krak sohasi, qo‘l va oyoqlardan olinadi. Ko‘proq boshning ensa va soqol qismidan olishga harakat qilinadi, chunki aynan shu sohalardan olingan sochlarga 50-60 yil kafolat beriladi. Tananing boshqa sohalaridan olingan sochlar eng ko‘pi 10 yil xizmat qiladi. Keyingi bosqich ekiladigan sochlar uchun dizayni yaratiladi. Soch yo‘q qismlarga chiziqlar chizilib, sochlar ekilishi uchun mikrosun’iy kanallar ochiladi va eng so‘nggi jarayon yaratilgan sun’iy kanallarga bittalab soch ekib chiqiladi. Ekiladigan sochlar soni ko‘p yoki kamligiga qarab, ekish jarayoni uzog‘i 5-6 soat davom etadi. Shu vaqt ichida 5 mingtadan 6 mingtagacha soch (graf) ko‘chirib o‘tkaziladi. 2-3 mingta grafni ekish uchun esa 2-3 soat yetarli hisoblanadi.

Bemorga qo‘yiladigan talablar

Soch ko‘chirib o‘tkazilgandan so‘ng 3 kun, ya’ni 72 soat o‘tgach, ildizi bilan ekilgan sochlar qayta o‘sishni boshlaydi. Bu vaqt ichida barcha mas’uliyat bemorning zimmasiga tushadi. Ya’ni, qo‘pol xatti-harakatlar, ehtiyotsizlik oqibatida ekilgan sochlar to‘kilib ketish xavfi yuqori bo‘ladi. 3 kun o‘tganidan keyin soch ildizi teriga mahkam o‘rnashib olgach, bog‘ichlar yechiladi va odatiy hayot tarziga o‘tiladi.

Soch to‘kilishini oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Turli tavsiya etilayotgan preparatlar yordam beradimi? Bu savollarga quyidagi videoni ko‘rib, savollaringizga batafsil javob oling.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »