Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi sanoat zonasi hududida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Len TV 24”.

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa “Novosergiyevka” qishlog‘ida yuz bergan. “Didal-SK” korxonasi hududida payvandlash ishlari olib borilayotganida dengiz pontoni — to‘rtburchak shakldagi metall quti portlab ketgan.

Portlash oqibatida uch nafar ishchi halok bo‘lgan — ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi (41 yosh). Shuningdek, 41 yoshli Tojikiston va 37 yoshli Rossiya fuqarosi ham halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, 51 va 54 yoshli ishchilar og‘ir tan jarohati olgan, 47 yoshli ishchiga esa tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga ruxsat berilgan.

Taxminlarga ko‘ra, portlash yangi bo‘yalgan bo‘yoq bug‘lanishi natijasida yuzaga kelgan. Huquq tartibot organlari Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Kuni kecha Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaroning parda tikadigan mashina orasida qisilib qolishi oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, Rossiyadagi YTHda to‘rt nafar o‘zbekistonlik jarohatlangani, Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik yigit issiq suv bakiga tushib ketgani, Qozog‘istondagi YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »