Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, bugun, 30-may kuni ertalab Moskvaga dronlardan qilingan hujum hech qanday ma’noga ega emas va harbiy harakatlar borishiga ta’sir qilmaydi.

Uning fikricha, bunday hujumlar “yerdagi” yirik mag‘lubiyatlardan so‘ng e’tiborni jalb qilish va “axborot nuqtalari”ni egallashga qaratilgan. 

“Moskvaga dronlar hujumi taktik, strategik va hatto psixologik ma’noga ega emas. Harbiy ishlarda o'qitilganlar buni tushunishadi. Urush butunlay boshqa joyda davom etmoqda”, — deb yozdi Ramzan Qodirov Telegram’dagi kanalida.

Checheniston rahbarining aytishicha, Ukraina rahbariyati terrorchilik usullaridan foydalangan holda qaror qabul qiladi. "Menimcha,  Rossiyada harbiy holat e’lon qilish juda zarur, buning uchun mo‘ljallangan barcha jangovar resurslardan foydalanib, "Ukraina harbiylari" degan so‘zlarni ishlatmasdan, bir vaqtning o‘zida butun terroristik hujayrani yo‘q qilish kerak”, — deydi Qodirov.

Ramzan Qodirov Telegram’dagi postini yakunlar ekan, tez orada maxsus harbiy operatsiya zonasida “to‘liq ma’noda qasos nima ekanligi” aniq bo‘lishini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »