Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada ish joyida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan erkakka 8 ming dollardan ziyod pul undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, fuqaro B.A. 2019-yil 15-oktabr kuni ish joyida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan va unga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida kompensatsiya pulini undirish uchun 2022-yilda ariza bilan murojaat qilgan. 

Murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan Rossiyaning Pensiya va ijtimoiy sug‘urta fondiga bir necha bor murojaat xatlari yuborilib, muzokaralar o‘tkazildi.

Natijada yurtdoshimiz foydasiga 647 ming rubl (8100 AQSH dollari) kompensatsiya puli undirib berildi. Shuningdek, fuqaroga 1-maydan boshlab umrbod muddatga har oyda 21431 rubldan nafaqa puli to‘lanishiga erishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »