Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi. Bu haqda O‘zLiDePdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, ushbu sohada ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga yetkaziladi (hozir 350 ming). Bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqariladi.

Umuman, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkaziladi.

Yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, kelgusi yillarda:

  • 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalari tashkil qilinadi;
  • tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish maqsadida sanoat ipotekasi tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi;
  • har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi;
  • “IT” xizmatlari eksporti 5 milliard dollarga olib chiqiladi.

Yo‘l-transport sohasidagi rejalar:

  • aviaqatnovlar soni 4 marta oshiriladi;
  • Toshkent—Samarqand, Navoiy—Buxoro yo‘nalishlarida qo‘shimcha tezyurar temiryo‘llari quriladi;
  • temiryo‘l sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanadi;
  • 6 ta yirik aeroport modernizatsiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkaziladi.

Bundan tashqari, 2030-yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha — jami 5,5 ming kilometr sement-beton yo‘llar quriladi va jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olinadi.

Toshkent—Samarqand va Toshkent—Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yo‘llari quriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »