Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir vaqtning o‘zida “Oskar” va “Oltin malina” mukofotlarini olgan taniqli aktyorlar haqida eshitgandirsiz? Aslida muvaffaqiyatsiz rol o‘rtamiyonalik belgisi emas. Quyida yulduzlarga shon-sharaf emas, balki tomoshabinlar tanqidini olib kelgan muvaffaqiyatsiz rollar haqida ma’lumot beramiz.

Penelopa Kruz — “Kod 355”

Foto: Filmdan kadr

“Bezori” filmida aktrisa maftunkor bosqinchi rolini o‘ynagan. “Kod 355” filmi xuddi shu janrga tegishli — bosh rollarda go‘zallar ishtirok etgan jangovar film. Biroq yangi film jamoatchilikda ham, tanqidchilarda ham katta taassurot qoldirmadi. Kuzatuvchilarning yozishicha, filmda Kruz faqat yig‘lagan, jangovar filmning o‘zi ham juda zerikarli. “Kod 355”dagi ushbu roli uchun aktrisa “Oltin malina” mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Zendaya — “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish”

Foto: Filmdan kadr

Zendaya yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon “Oltin globus” va ikkita “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. Ma’lum bo‘lishicha, hamma ham mukofotlarni adolatli deb hisoblamagan. Ba’zi internet foydalanuvchilari Zendayaning aktrisalik iste’dodi haddan tashqari e’tirof etilgan deb hisoblashadi.

Tom Xenks — “Pinokkio”

Foto: Filmdan kadr

Tom Xenksning iste’dodli aktyor ekanligini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. U eng yaxshi erkak roli uchun ikkita “Oskar” olgan. Ehtimol, aktyor “Pinokkio”da o‘ynashga rozi bo‘lganidan afsusdadir, chunki film muvaffaqiyatsiz chiqqan, natijada Xenks “Oltin malina” uchun nomzod bo‘lgan.

Bleyk Layvli — “Oddiy iltimos”

Foto: Filmdan kadr

Yo‘qolgan ayol va uni topish uchun yo‘lga chiqqan uning yaqin dugonasi haqidagi “Oddiy iltimos” filmi turli baholarga sazovor bo‘ldi. Tomoshabinlar 2 dan 8 gacha baholashgan. Ba’zilar filmning oxiri yoqmagan, boshqalar esa aktyorlardan shikoyat qilgan.

Bryus Uillis — “Bug‘doyzordagi kecha”

Foto: Filmdan kadr

Bryus Uillis jangovar filmlarning professional aktyori hisoblanadi. Uning ishtirokidagi jinoiy triller xit bo‘lishi kerak edi, ammo film omadsizlikka uchradi.

Vins Von — “Telba”

Foto: Filmdan kadr

Vins Von 1998-yilda “Telba” filmining remeykida manyak Norman Beyts rolini ijro etgan. Ba’zi tomoshabinlar bu rolni aktyor faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyatsizlik deb atashadi.

Aleksandra Daddario — “Persi Jekson va olimpiadachilar: Chaqmoq o‘g‘risi”

Foto: Filmdan kadr

Tanqidchilar Persi Jeksonning sarguzashtlarini “Gollivudning standart mahsuloti” va “Garri Potterning yana bir taqlidi” deb atashgan. Afinaning qizi rolini ijro etgan aktrisa Aleksandra Daddario muxlislarga yoqmaydi. Asosiy sabablardan biri — noto‘g‘ri tanlangan soch rangidir.

Tom Xenks – “Da Vinchi kodi”

Foto: Filmdan kadr

“Da Vinchi kodi” filmida bosh rolga yulduzlardan iborat aktyorlar taklif qilingan. Faqat Xom Xenks, tomoshabinlarning fikriga ko‘ra, ushbu loyihaga unchalik mos kelmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »