Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dortmundning “Borussiya” jamoasi safida 2012-yildan beri harakat qilib kelayotgan Marko Roys yana Germaniya chempionligidan quruq qoldi. 2022/23-yilgi mavsumda “arilar” safida yetarlicha maydonga tushmagan bo‘lsa ham jamoa safida kubokni boshi uzra ko‘tarishga undan loyiqroq futbolchi yo‘q edi. O‘zi sevgan klubga sodiqlik ko‘rsatgan yarim himoyachi 34 yoshga to‘ldi. Quyida Roys Dortmund klubi asosiy tarkibiga kelguncha boshidan kechirganlari haqida so‘z boradi.

Foto: Getty Images

Marko Roys 11 yillik faoliyati davomida “Borussiya D” bilan o‘sdi. Hozirda uni boshqa biror klubda tasavvur qilish qiyin. Futbolchi jamoa stadioni yaqinida tug‘ilgan va yashagan, butun umri davomida klubga muxlislik qilgan, akademiyada shug‘ullangan. Biroq bir vaziyat sabab barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

Markoni yetti yoshida “Borussiya” akademiyasiga olib kelishgan. O‘shanda tumandagi deyarli barcha uning qobiliyatlari haqida bilar edi — Roys mandarinlar bilan xuddi to‘p bilan bo‘lgani kabi jonglyor qila olardi. Futbolchi o‘n yil davomida Dortmundning yoshlar jamoalarida harakat qildi. Ammo professional shartnoma imzolashga kelganda, 17 yoshli futbolchi rad etilgan. Roysning o‘zi bu holatga sportga mos bo‘lmagan tana tuzilishi sabab bo‘lgan, deb eslaydi. Jamoada tortib keta olmaydi deb hisoblashgan.

“Juda xafa bo‘lgandim. Bolalikdan akademiyada shug‘ullanasan, lekin ish oxirgi bosqichga kelganda kerak bo‘lmay qolasan. Axir bu bolaligimdan beri muxlislik qilib kelayotgan jamoa. O‘shanda hech qayerga ketishni istamagandim”, — deydi futbolchi. 

Ko‘plab futbolchilar top klublar akademiyalaridan quyi ligalarga yo‘l oladi va o‘sha yerda qolib ketadi. Marko ham shunday holga tushishi mumkin edi. Germaniyaning uchinchi ligasida harakat qilayotgan va pulsiz qolgan “Rot-Vayss”ga yo‘l oladi. Roys ertagidagi so‘nggi sahifa ham bo‘lishi mumkin edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Avvaliga yoshlar jamoasida yetakchiga aylandi va har ikki o‘yinning birida gol urdi. Keyin esa katta jamoada ham lider bo‘ldi. Natijalar yaxshilandi, Roys harakat qilayotgan jamoa uchinchi yilda Bundesliga 2 ga ko‘tarildi.

Roys “Borussiya M” safida
Foto: Getty Images

Tabiiyki, top klublar skautlari darhol futbolchini kuzata boshladi. Birinchi taklif “Borussiya”dan keldi. Faqat Dortmund emas Myonxengladbax shahri klubidan. Roys 2009-yilning 25-mayida jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va darhol asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanadi. 2011/12-yilgi mavsumda esa Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.

Markoning Myonxengladbax klubida uzoq vaqt qolmasligini hamma tushunardi. Buning uchun faqatgina yaxshi taklif bo‘lishi kerak edi. Futbolchining xohishi esa aniq edi — Roys uyiga qaytishni xohlardi. Bu safar dortmundliklar vaziyatni qo‘ldan boy bermadi va yarim himoyachi uchun 17 million yevro to‘lashdan qo‘rqmadi. Bu o‘sha vaqtda klubning transfer rekordi bo‘lgandi. Klub biroz oldin Germaniya chempioniga aylangani va Yurgen Klopp bilan Chempionlar Ligasida yorqin natija qayd etishga kirishganini hisobga olganda “Borussiya D” bunday transferni amalga oshirishga haqli edi.

Futbolchi Dortmunddagi birinchi mavsumidayoq 14 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi, Germaniya chempionatida 2-o‘rinni oldi va Chempionlar Ligasida finalga chiqdi. Roys o‘sha vaqtda dunyoning eng yaxshi qanot hujumchilaridan biri deb atalgandi. Bir qarashda Roysning porloq kelajagi uchun mukammal sharoit hosil bo‘layotgandek edi: “Borussiya”da bir necha yil harakat qilib, kuchliroq jamoaga o‘tish. O‘sha vaqtdayoq Dortmund klubi har mavsumda katta pullar sarflab, raqibning eng kuchli futbolchilarini olib qo‘yadigan “Bavariya”dan o‘tib keta olmasligi ma’lum edi. “Borussiya” bilan ligada ikkinchi o‘rin uchun yoki Chempionlar Ligasida uzoqroqqa borish uchun kurash futbolchida motivatsiya uyg‘otishi juda qiyin.

Foto: Getty Images

2012-yildan beri har transfer oynasida Roysni dunyoning deyarli barcha top-klublari o‘z safiga qo‘shib olishni xohlagani aytilardi. Bular orasida “Bavariya”, “Real”, “Barselona” va “Manchester Yunayted” kabi jamoalar bor edi. Biroq futbolchi barcha takliflarni rad etdi. Dortmund klubi futbolchilarini o‘zida kuch bilan ushlab turmaydi. Jamoani tark etgan Mario Gyotse, Robert Levandovski, Mats Hummels kabi futbolchilar misolida buni ko‘rish mumkin. Chempionlikka erisha olmasa ham “Borussiya”da qolish Roysning qarori bo‘lgan. To‘g‘ri, Marko ketma-ket jarohatlar sabab juda ko‘plab o‘yinlarni va terma jamoaning qator yirik musobaqalarini o‘tkazib yubordi.

Marko 2019-yilda jamoadan ketishi haqidagi savollarga uzil-kesil nuqta qo‘ydi. O‘sha vaqtda futbolchiga “Bavariya”dan qiziqish bo‘layotgani haqida mish-mishlar tarqagandi. Roys esa bunga darhol javob berdi.

“Bavariya”ga o‘tamanmi? Hech qachon! Meni hech qachon “Bavariya”da ko‘rmaysiz. Bunga va’da beraman, — dedi va o‘z so‘zida turdi.

Marko Roys 34 yoshga to‘ldi. “Borussiya” safida deyarli barcha bosqichlarni bosib o‘tdi. Germaniya Kubogida g‘olib bo‘ldi, bir necha marta chempionlikka ham yaqin keldi. Roys joriy mavsum ham “Borussiya” bilan birga chempionlikni nishonlashga juda yaqin edi. Biroq yana ikkinchi o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »