Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi xatarlar tahlil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy bank sharhidan ma’lum bo‘ldi.  

Foto: “Daryo”

2023-yil 1-yanvardan boshlab amal qilayotgan imtiyozli ipoteka kreditlari va subsidiyalar bo‘yicha davlat dasturlari aholining uy-joyga bo‘lgan talabini yanada rag‘batlantiradi. 

Bundan tashqari, Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlangunga qadar yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishi esa taklif hajmini kamaytiradi. 

Natijada uy-joy bozoridagi talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik ortishi mumkin. Bu esa, uy-joyning bozor va fundamental narxlari o‘rtasidagi farq kengayishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Uy-joy narxlarining fundamental qiymatidan doimiy ortib borayotgani ko‘chmas mulk bozorida tizimli xatarlar yuzaga kelish ehtimolini oshirishi mumkin. 

Ko‘chmas mulk bozoridagi talab hajmining sezilarli kamayishi uy-joy narxlarining keskin pasayishiga olib keladi. Natijada ajratilgan ipoteka kreditlari yetarlicha garov bilan taminlanmasligiga sabab bo‘ladi va banklarning ipoteka krediti bo‘yicha yo‘qotishlari ortishi mumkin. 

Shuningdek, tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari uchun garov sifatida olingan ko‘chmas mulk bozor qiymatining kamayishi hisobiga kreditlar summasining garov summasiga nisbati (LTV) ko‘rsatkichi ortadi. 

Mahalliy ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxlari keskin kamayishining shartli ravishda uch xil ssenariy (20, 30 va 40 foiz) bo‘yicha 2022-yil ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. 

 

Infografika: Markaziy bank

Bunda, uy-joy narxining keskin tushishi natijasida LTV ko‘rsatkichi 120 foizdan yuqori bo‘lgan kreditlarning qarz oluvchilar tomonidan qaytarilmaslik ehtimolining ortish farazi ilgari surilgan. 

Uy-joy narxlarining 20 foizga arzonlashishi 2022-yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining qariyb 40 foizida LTV ko‘rsatkichi 100 foizdan yuqori shakllanishini ko‘rsatmoqda. 

LTV ko‘rsatkichi 120 foizdan yuqori ipoteka kreditlarning 2022-yilda ajratilgan jami ipoteka kreditlardagi ulushi 3 foizni tashkil etayotgani, ipoteka kreditlarini to‘lashdan ko‘ra, garovdan voz kechish ehtimoli mavjud qarz oluvchilarning ulushi juda pastligini anglatadi. 

Uy-joy narxlarining 30 va 40 foizga pasayishi holatida 2022-yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining mos ravishda 85 hamda 87 foizlari uchun qo‘yilgan garov miqdorining yetarlilik darajasining pasayish (LTV ko‘rsatkichi 100 foizdan yuqori) muammosi yuzaga keladi. 

Shuningdek, uy-joy narxlarining 30 foizga pasayishi LTV ko‘rsatkichi 120 foizdan yuqori bo‘lgan ipoteka kreditlari ulushi 32 foizni, 40 foiz pasayishda esa, 84 foizni tashkil etayotgani ushbu qarz oluvchilarda kredit to‘lashdan ko‘ra garovdan voz kechish ehtimolining yuqoriligidan dalolat beradi. 

Natijada, banklar uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha yirik yo‘qotishlarni olib kelishi mumkin. 

Bunda, kredit miqdorining uy-joy narxidan sezilarli darajada yuqori ekanligi kreditlarning qaytarilmasligiga asosiy sabab bo‘ladi. Buning ortidan kreditlar tarkibida muammoli kreditlar ulushi va kredit yo‘qotishlari hajmi ortadi.

Uy-joy narxlarining keskin pasayishini bank aktivlari sifatiga ta’siri ssenariylar bo‘yicha tahlil etilganda, uy-joy narxlarining 20 foizga pasayishi muammoli kreditlarning jami kreditlar tarkibidagi ulushining joriy holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Biroq uy-joy narxlarining 30 hamda 40 foizlarga pasayishi 2022-yil yakunlari bo‘yicha jami kreditlar tarkibidagi muammoli kreditlar ulushining mos ravishda 4,8 va 6,7 foizgacha ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bu esa tijorat banklarining ipoteka kredit bo‘yicha zararlarning sezilarli ortishiga olib keladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxlarining keskin arzonlashishi natijasida jami kredit portfelida ipoteka kreditlari ulushi yuqori bo‘lgan banklarning defoltga uchrashi, banklar o‘rtasidagi moliyaviy bog‘liqlik natijasida bank tizimi uchun qo‘shimcha tarkibiy tizimli xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda eski uylar narxi oshgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »