Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Insult og‘ir va hatto o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallik. Agar siz kasallik belgilariga e’tibor qaratsangiz va shifokor bilan maslahatlashsangiz  yaqinlashib kelayotgan xavfni oldindan bilib olishingiz mumkin.

Foto: The Voice

Hozirgi kunda insult o‘limning eng keng tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda, insult qon aylanishining yomonlashishi bilan bog‘liq. Birinchidan, kichik tomirlarning tiqilib qolishi yuzaga keladi, keyin organizmimizning muayyan harakatlari uchun mas’ul bo‘lgan miyaning kichik joylariga zarar yetkaziladi.

Tana bunday zararga tezda javob beradi va ularni yo‘q qilishga harakat qiladi: muammo takrorlanadi va organizm o‘zini yomon his etadi. Agar siz kasallik belgilari haqida bilsangiz, ularni kuzatish va paydo bo‘lish sababini tushunish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu holatda imkon qadar tezroq tekshiruvdan o‘ting va sog‘lig‘ingizda qanday muammo borligini bilib oling.

Insult xavfli kasallik, u ko‘pincha yoshlar orasida ham paydo bo‘ladi va tana ustidan nazoratni yo‘qotish shaklida namoyon qiladi.

Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi

Yosh o‘tishi va gadjetlardan to‘xtovsiz foydalanish ko‘rish qobiliyatining  yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Ammo ko‘rishning (shuningdek, eshitishning) keskin yomonlashishini sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Bu mikroinsultning eng keng tarqalgan alomati hisoblanadi.

Qattiq bosh og‘rig‘i

Bosh og‘rig‘i turli sabablarga ko‘ra, shu jumladan osteoxondroz va bu sohada qon aylanishining yomonligi bilan bog‘liq boshqa tashxislar sabab yuzaga keladi. Og‘riq ham turlicha bo‘lishi mumkin, uzoq davom etgan og‘riqdan qisqa muddatli va o‘tkirgacha. Agar odatda bunday muammolarga duch kelmagan bo‘lsangiz, siz uchun og‘ir, o‘tkir va atipik bosh og‘rig‘i e’tibordan chetda qolmasligi mumkin bo‘lgan muhim alomat hisoblanadi.  

Muloqotdagi qiyinchiliklar

Ko‘pincha, insultga chalinish xavfi bo‘lgan insonlar g‘alati gapira boshlaydi, bilmasdan iboralar va so‘zlarning o‘rnini chalkashtirib yuboradi. Shunga o‘xshash muammo boshqacha tarzda ham namoyon bo‘ladi, ya’ni bunday holatda o‘zingiz atrofdagilarni tushunolmay qolasiz.

Agar sizga atrofdagilarning barchasi birdan bema’ni gaplarni gapira boshlagan va o‘zini g‘alati tutayotgandek tuyulsa, sizning miyangiz odatdagi ishlash faoliyatini yo‘qotgan va neyronlar avvalgidek faol ishlamayotgan bo‘lishi mumkin. Atrofdagilarning barchasi birdan aqldan ozishi mumkin emas, bu holatda muammoni o‘zingizdan izlashingiz kerak.

Insult belgilarining asosiy xavfi shundaki, bunday alomatlar juda tez paydo bo‘ladi, biroq tezda pasayadi. Shu sababli ko‘pchilik bunday vaqtinchalik belgilarga e’tibor bermaydi.

To‘g‘ri, hech kim har bir kichik narsadan vahima qilishni xohlamaydi. Biroq yodda tuting: ba’zida detallar sizni qutqarishi mumkin. Optimal ovqatlanish, yomon odatlarni kamaytirish va sog‘lom turmush tarzining boshqa qoidalariga rioya qilish insult xavfini kamaytiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »