Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassanini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali ilgari surishda O‘zbekiston bilan Jahon banki guruhi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida davlat rahbari Antonella Bassanini lavozimga tayinlangani bilan qutladi va muvaffaqiyatlar tiladi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishilgani qayd etildi. O‘zbekiston bankning eng yirik benefitsiarlaridan biridir – loyihalar portfeli 3 barobarga kengaydi va bugungi kunda 11 milliard dollardan oshdi. 2026-yilga qadar Sheriklik dasturi 4 milliard dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olgan.

Iqlim o‘zgarishi va rivojlanish bo‘yicha Mamlakat hisobotini tayyorlash yakunlanmoqda. Bank ishtirokida taraqqiyot institutlari bilan amaliy hamkorlikni muvofiqlashtirish bo‘yicha mexanizm – “Mamlakat platformasi” ishga tushirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vitse-prezident Antonella Bassani hamkorlikning bugungi darajasini yuqori baholadi hamda Jahon banki mamlakatdagi ortga qaytmas islohotlar dasturini izchil va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, 2030-yilga qadar muddatga belgilangan maqsadli vazifalarga muvofiq kambag‘allikka qarshi kurashish, qishloqlar va o‘rta shaharlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xotin-qizlar va yoshlar bandligiga ko‘maklashish, sog‘liqni saqlash va taʼlimni isloh qilish loyihalari diqqat markazida turibdi.

“Yashil” energetikani joriy etish, yer islohotini, hududlarni kompleks rivojlantirish va davlat korxonalarini xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishga eʼtibor qaratilmoqda. Markaziy Osiyoda mintaqaviy infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »