Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rganishlaridan so‘ng Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov muassisligidagi MChJ ta’sischisi o‘zgartirilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.




“Ozodbek Nazarbekovga ‘ataka’ bo‘layotganini eshitib, siqildim. U davlat lavozimiga kelishidan oldin qorni to‘q, xalq sevgan hofiz edi. Yaxshigina puli kelib turardi, o‘ziga tinch edi. Xursand bo‘lib, ‘xo‘p’, deb bordi, shu o‘tirgandan beri boshi g‘alvadan chiqmaydi. Bir yoqdan men uni ‘u ishni qila olmayapsan, bu ishni qilmayapsan’, deb cho‘qiyman, boshqa yoqdan boshqasi cho‘qiydi. Lekin uni shu lavozimda o‘tirib, davlatning bir narsasini yeb qo‘yganiga hech aqlim yetmaydi. Bu noto‘g‘ri narsa.

Bir gadoy, hech narsasi yo‘q kelib, o‘tirib olib, davlatni ninada teshib olib, o‘tirib olib yeydiganlar bor, yo‘q emas. Ozodbekdan lavozimini suiiste’mol qilib, u firmadan pul qilgan bo‘lsa, siz bilmas edingiz bugungi kunda shunaqa firma borligini. Ozodbek vazir bo‘lmasidan avval ham yaxshi yashardi. Vazir bo‘lganidan beri, bechorada o‘sha kostyum, o‘sha shim. Oldingidaqa oliftagarchilik, qimmat firmalardan kiyinish yo‘q.

Eng minnatdor bo‘lmaydigan ishga, Ozodbek bechora xursand bo‘lib, chopib boruvdi, bechora. Hozir eshitib, na kulishimni bilaman, na yig‘lashimni. Ozodbek ukam, hech xafa bo‘lmay o‘tiring, bu ishlar hammasi joyiga tushib ketadi. Tuhmat qilmanglar, ishda kamchilik bo‘ladi. Qayerdan ham shu lavozimga keldi, boshi tuhmatga qolib ketdi. Uning firmasi bo‘lsa, xursand bo‘linglar, demak poraga ehtiyoji yo‘q. Bu yerda qandaydir tushunmovchilik bor. Bilib, bilmay tuhmat qilmaylik, Allohdan qo‘rqaylik. Shuncha o‘g‘irlagan amaldorlarning bittasiyam cho‘qilmadida, men taniydigan odamlar, ular o‘lib ham ketdi. Ozodbekning lavozimi kimgadir kerak bo‘lib qoldi, shekilli”, — deydi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova. 

Avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. O‘rganish mobaynida haqiqatan ham Ozodbek Nazarbekovning 2016-yil 16-martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Koba san’at majmuasi” MCHJda 100 foizlik ulush bilan ta’sischi ekanligi aniqlandi. 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”da davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug‘ullanmasligi belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »