Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari joriy etiladi. Bunday imtiyoz ko‘zda tutilgan qonun Senatning qirq birinchi yalpi majlisida ma’qullandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Majlisda qayd etilishicha, bugungi kunda iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olish tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, sohada marketing va zamonaviy boshqaruv mexanizmlaridan samarali foydalanish maqsadida amaldagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirish zarurati mavjud.

“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Soliq kodeksiga 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublariga barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz berilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari hamda sohani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qator tovarlar uchun QQS to‘lashdan ozod etilmoqda.

Majlisda “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublarining moliyaviy ahvolini yaxshilash, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali sohadagi mutaxassislar malakasini oshirib borish, shuningdek, xususiy professional futbol klublarini ko‘paytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish lozimligi ham taʼkidlangan.

Senatorlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi futbol klublari faoliyatini rivojlantirishga, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga, O‘zbekistonda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalarni, shu jumladan o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon hamda qitʼa birinchiliklarini yuqori darajada tashkil etishni taʼminlashga xizmat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »