Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda “yashil” energetikaning bugungi holati va rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganildi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yilda O‘zbekistonda quvvati 200 MVt ga teng bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari yordamida 411 mln kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu esa 124 mln metr kub tabiiy gazni tejash, atmosferaga 164 ming tonna zararli gazlar chiqarilishining oldini olish imkonini berdi.

2022-yilda quvvati 2 072 MVt ga teng bo‘lgan gidroelektr stansiyalari vositasida 6,48 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Natijada 1,94 mlrd metr kub tabiiy gaz tejaldi va atmosferaga 2,71 mln tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olindi.

Mamlakatda 2026-yilga borib, quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvatini 8 000 MVt gacha, gidroelektr stansiyalari quvvatini 2 920 MVt gacha oshirish rejalashtirilgan.

Buning natijasida qayta tiklanadigan energiya ulushi 25 foizga yetadi, 3 mlrd metr kub tabiiy gaz tejaladi va 1 mln xonadon 1 yil davomida gaz bilan ta’minlanadi. 

2023—2030-yillarda O‘zbekistonda 11 ta yirik, 9 ta o‘rtacha va 8 ta kichik va mikro gidroelektr stansiyalarni qurish rejalashtirilgan.

Shuningdek, yangi GESlarni ishga tushirish tufayli yiliga 5,8 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 1,74 milliard metr kub tabiiy gaz tejaladi.

Avvalroq YIB O‘zbekistonning quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun 83,6 mln dollar ajratishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »