Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2022-yilda 26 ta bankdan 3,8 mlrd so‘m miqdorida jarimalar undirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda tijorat banklarida 19 ta va mikromoliya tashkilotlarida 9 ta tematik inspeksiyalar o‘tkazilgan.

Tekshiruvlar davomida qariyb 39 mingta mijozning jami 37 trln so‘mlik kreditlari yoki ushbu banklar jami kredit portfelining 58 foizi qamrab olingan.

Tekshirish natijalari asosida kapital va likvidlilik me’yorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni haqqoniy aks ettirmagan banklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. Qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzgan banklarga nisbatan ayrim operatsiyalarini to‘xtatish, jarima sanksiyalari va boshqa ta’sirchan choralar qo‘llanilgan.

Jumladan, bank qonunchiligi talablarini buzganligi uchun 26 ta bankka nisbatan 56 ta holat bo‘yicha jami 3,8 mlrd so‘m miqdorida jarimalar undirildi.

Bank qonunchiligida belgilangan talablarni bajarmaganligi uchun “Hi-Tech Bank” va “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banklarining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olindi va bank omonatchilarining mablag‘larini to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.

“Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banki omonatchilari mablag‘larini 251 mlrd so‘mi Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi.

Geosiyosiy keskinlashuvlar natijasida iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini minimallashtirish, komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish borasida ham tegishli ishlar amalga oshirildi.

Avvalroq O‘zbekistonda 8 ta tijorat bankining litsenziyasi chaqirib olinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »